TENZOMETR

TENZOMETR — kj (kuch) tushadigan inshoot elementlari va mashina qismlarida vujudga keladigan deformatsiyalar (shakl oʻzgartirishlari) ni oʻlchaydigan asbob. Deformatsiyaning qiymati va elastiklik moduli (qattiq jismning qayishqoqligini ifodalovchi koʻrsatkich) maʼlum boʻlsa, materialda hosil boʻladigan zoʻriqishlarni aniqlash mumkin. Tenzometrning mexanik va elektron turi bor. Mexanik Tenzometr richaglar (pishang) tizimidan iborat; uning uchi oʻtkir oyoqlari deformatsiya l anuvch i jismga tayanadi; jism uzayganda richaglar harakatga kelib, oʻlchov milini buradi; mil deformatsiya mikdorini koʻrsatadi. Elektron Tenzometrlar tekshirilayotgan detalga oʻrnatilgan tenzodatchik (uzatkich)lardagi elektr tokining oʻzgarishiga asoslanadi. Tenzodatchik sim yoki zarqogʻozdan yasalgan panjara yoki yarimoʻtkazgichdan tayyorlangan plastinadan iborat. Tenzodatchik qatgiq jismlarning mexanik deformatsiyasini elektr signallarga oʻzgartiradi va shu yoʻl bilan deformatsiyaning mikdori aniklanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x