TENOCHTITLAN

TENOCHTITLAN (Tenochtitlan) asteklar davlati poytaxti (14—16-a. lar). Rivoyatlarga koʻra, Teskoko koʻlining gʻarbiy qismidagi orolda 1325-y. barpo etilgan. Shahar xarobasi mayd. 1000 ga ni tashkil etgan. Tenochtitlanni koʻplab kanallar kesib oʻtgan, shahar koʻtarma koʻpriklari boʻlgan 3 ta damba yordamida quruklik bilan bogʻlangan. Shahar 4 rn — Kuepopan, Teopan, Moyotlan va Astakalkoga, ular esa oʻz navbatida xar biri 5 kvartal (mahalla)ga boʻlingan. Tenochtitlan markazida mahobatli ibodatxonalar (bosh ibodatxonaning bal. 30 m), hukmdorlar va zodagonlar saroylari joylashgan; shahar doirasida hunarmandlarning maxsus mahallalari — Amantlan va b. mavjud boʻlgan. Meksika ispan bosqinchilari tomonidan bosib olinayotgan vaqtda Tenochtitlan butkul vayron qilingan (1521) va uning xarobalari oʻrnida Mexiko sh. ga asos solingan.

Javli Tursunov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x