TENNIS

TENNIS, launtennis (ing, lawn — oʻtloq, maysazor; «tennis» terminining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir necha taxmin bor: frans. tenez — mana, ol; ing. tens — oʻnlik, chunki oʻrta asrlarda tennisga oʻxshash oʻyinni besh kishidan, jami oʻn kishi oʻynagan; ing. tenia — rishta; toʻpni tortilgan ipdan oshirib oʻynalgani uchun) — sport turi, movut qoplangan rezina koptok raketka yordamida urilib kortsa. oʻynaladi. Koptokning diametri 6,35—6,67 sm, ogʻirligi 56,7g. Yogʻoch, yengil metall yoki plastmassadan har xil oʻlchamda tayyorlangan raketkalar ogʻirligi 255—400 g. Oʻyin kortning orqa chizigʻidan raqibning toʻrga yaqin maydonchasiga koptokni xatosiz uzatish bilan boshlanadi. Koptok maydonga tegib sakragandan keyin raqib uni qaytaradi (oʻyin davomida xam koptokni ikkinchi sakragandan keyin olishga ruxsat etilmaydi, faqat ikkinchi zarbadan boshlab koptokni kortga tushirmasdan ham qaytarish mumkin). Geymda hisob 15:0,30:0,40:0 va h. k. tarzda yuritiladi, agar 40:40 hisobi — «teng» qayd etilsa, keyingi ochkoni yutgan «koʻp», yutqizgan «kam» boʻladi. «Koʻp»dan keyin ochkoni yutgan geymni ham yutadi. Setda olti geym (6,0…6:4) yutish lozim, bordiyu hisob 6:5 boʻlsa, oʻyin davom ettiriladi. 12 geymdan keyin hisob 7:5 boʻlsa, gʻolib aniklanadi. Agar 6:6 hisobi qayd etilsa, «taybreyk» oʻynaladi. «Taybreyk»da gʻolib chiqish uchun 7 ochko toʻplash zarur, agar hisob 7:6 boʻlib qolsa, oʻyin qaysidir tomonning ikki ochko oʻzib ketishigacha davom etadi. Erkaklar oʻyinida eng koʻp setlar mikdori — 5, ayollarda —3 ta. Tennis musobaqalari yakkalik, juftlik va aralash (bir erkak va bir ayol) tarzida tashkil qilinadi.

Tennisga oʻxshash oʻyinlar dastlab Misrning Tinis (Tanis) sh. da paydo boʻlgan degan taxmin ham mavjud. Bu oʻyin 13 — 14-a. larda Italiya, Fransiya, Angliyada ommalashdi. Fransiyada rohiblar 5 tadan boʻlib kaftlarida Tennisga oʻxshash oʻyin oʻynashgan. 16-a. dan boshlab oʻyinda dastlabki raketkalar qoʻllanildi. Zamonaviy Tennis qoidalarini angliyalik Volter Uingfild ishlab chiqqan (1874). Shu qoidalar asosida «Uimbldon» turniri (Angliya) 1877-y. dan, AQSH ochiq chempionata 1881-y. dan, «Rollan Garros» turniri (Fransiya) 1891-y. dan, Avstraliya ochiq chempionata 1905-y. dan oʻtkazilib kelinadi (hozirgi kunda bu musobaqalar «Ulkan toj» musobakdlari deyiladi).

Tennis 1896-y. Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Amerikalik Duayt Filli Devis tashabbusi bilan 1900-y. dan jamoalar oʻrtasida norasmiy jahon chempionati hisoblanmish Devis kubogi oʻtkaziladi. 1912-y. xalqaro launtennis federatsiyasi (ILTF)ra asos solindi (1977-y. da Xalqaro tennis federatsiyasi — ITF deb oʻzgartirildi). 1965-y. da Xalkaro professional tennischilar assotsiatsiyasi (1ART) tuzildi, U 1972-y. da Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATR) ga aylantirildi. ATR har yili 4 toifaga boʻlingan 77 ta musobaqa oʻtkazadi. 1963-y. da Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) tashkil qilindi. Hozirgi kunda WTA 54 ta musobaqa tashkilotchisidir (2004). Tennis AQSH, Avstraliya, Argentina, Buyuk Britaniya, Germaniya, JAR, Ispaniya, Fransiya kabi davlatlarda yaxshi rivojlangan. Byorn Borg (Shvetsiya), Jon Makinroy (AQSH), Ivan Lendl (Chexiya), Boris Bekker (Germaniya), Pit Samprass (AQSH), Martina Navratilova (AQSH), Shteffi Graf (Germaniya), Martina Xingis (Shveysariya) kabi Tennis ustalarining nomi mashhur.

Oʻzbekistonda Tennisga oʻxshash oʻyinlar qadimdan oʻynalgan. Xususan, «bir tayoq» xalq oʻyinida Tennisga xos jihatlar mavjud. Zamonaviy T. Oʻzbekistonga 20-a. ning boshlarida kirib keldi. Mamlakat mikesidagi musobaqalarda V. Pushkarev, Sh. Chebatarev, S. Obidov, R. Yalalova kabi tennischilar muvaffaqiyatli qatnashib, sport ustasi talabini bajarishdi. Respublikamizda Tennis 20-a. ning soʻngga oʻn yilligidan boshlab keskin rivojlandi. Mustaqillikka erishgan Oʻzbekistonning deyarli hamma shaharlarida zamonaviy Tennis kortlari bunyod etildi. Toshkent, Fargʻona, Samarkand, Namangan, Andijon sh. laridagi bu sport inshootlarida tennischilar va Tennis muxlislari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. 1992-y. da Oʻzbekiston federatsiyasi tuzildi va oʻsha yili 1TGʻ aʼzoligiga qabul qilindi. 1994-y. dan Oʻzbekiston Devis kubogi musobaqalariga kushildi, tennischilarimiz Osiyo oʻyinlari, qitʼa chempionatlari, olimpiada va b. xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshladilar. Toshkentda professional tennischilar oʻrtasida «Prezident kubogi» xalqaro musobaqasining oʻtkazilishi (1994-y. dan) Oʻzbekistonda bu sport turining yuksalish davrini boshlab berdi. Keyinroq bu musobaqa ATR tur doirasiga kiritildi va jahonning eng kuchli tennischilari Oʻzbekiston poytaxtiga tashrif buyurishdi. 1996-y. da Toshkentda ayollar oʻrtasida Chellenjer musobaqalariga asos solindi va u WTA turkumidagi musobaqalar orasidan joy oldi. Viloyat markazlarida ham Fyuchers, Chellenjer musobaqalari oʻtkazila boshlandi. 1997-y. dan rahbar havaskor tennischilar oʻrtasida «Havas» musobaqalarining boshlanishi Tennisning yanada ommalashuvida muxim rol oʻynadi. Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasidatennisni rivojlantirishni qoʻllabquvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida» (1997-y. 25 avg.) va «Oʻzbekiston Respublikasida tennisni yanada rivojlantirish choratadbirlari toʻgʻrisida»gi (1998-y. 11 sent.) karorlari Tennisning taraqqiyotiga qulay shartsharoit yaratdi. 1998-y. 20-martdan «TennisQ» gazetasi chiqarila boshlandi. 2001-y. dan Devis kubogi tartibi boʻyicha viloyat jamoalari oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqalari oʻtkazilyapti. Mamlakatning barcha viloyatlarida respublika T. federatsiyasining boʻlimlari bor. 47 ta Tennis klubi, Tennisga ixtisoslashgan 76 ta bolalaroʻsmirlar sport maktablari faoliyat koʻrsatyapti. Oʻzbekistonda 15 mingdan ziyod kishi Tennis bilan shugʻullanadi, ularga 241 murabbiy saboq beradi (2004). I. Toʻlaganova, V. Kutsenko, O. Ogorodov, I. Isroilova, O. Omonmurodova Osiyo oʻyinlari, qitʼa chempionati, universiada, xalqaro musobaqalarda gʻolibsovrindor boʻlishdi. Bu tennischilarning gʻalabasida V. Pushkarev, A. Yolxin, F. Sultonbekov, H. Shafikrv kabi murabbiylarning hissasi bor.

Ad.: Mustafin R., Sultonbekov F., Tennis, Tennis, 1993; Yanchuk V., Yakovenko V., Bolshoy mir bolshogo tennisa, Tennis, 1998; Jumayev K., Moʻminov A., Yunusobod tennis klubi, Tennis, 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x