TEMPERATSIYA (lot. temperatio — toʻgʻri nisbat, mutanosiblik) — musiqa tovushqatori pogʻonalari orasidagi intervallar nisbatlarini tekislash. Tovushlarning balandpastlik munosabatlarini qisman oʻzgartirish bilan Temperatsiya gaerishiladi. 16 — 18-a. lardagaGʻ>moniya hamda koʻp ovozli musiqa janrlari rivoji natijasida hozirgi 12 pogonali teng oʻlchovli Temperatsiya yuzaga keldi (M. Mersenn, A. Verkmeyster, I. Neydxart va b.). Mazkur Temperatsiyadan ilk bor I. S. Bax oʻzining «Yaxshi temperatsiyalangan klavir» (1722—44) va «Fuga sanʼati» (1750) turkumlarida, keyinchalik P. Xindemit «Tonalliklar oʻyini» (1940) va b., Oʻzbekistonda G. Mushel ham «24 ta prelyudiya va fuga» (1975) kabi asarlarida yuksak badiiy darajada foydalanishgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые