TEMIR YOʻL UZELI

TEMIR YOʻL UZELI — bir necha t. y. liniyalari kesishgan joydagi punkt; turli texnik inshoot va qurilmalar majmui. Asosiy inshootlariga vagonlarni saralash, yoʻlovchilar va yuk styalari, alohida styalarni oʻzaro bogʻlovchi yoʻllar, aylanib oʻtuvchi yoʻllar, yoʻlovchilar uchun moʻljallangan binolar, depo, texniktaʼmirlash styalari va b. kiradi. Vazifasiga qarab, oddiy tranzit uzeli, katta hajmda yuk tushiribortiladigan tranzit uzeli va oxirgi uzelga boʻlinadi; yirik sanoat korxonalariga xizmat qiluvchi sanoat, portlarga xizmat qiluvchi uzellar ham boʻladi. Temir yoʻl uzeli temir yoʻl avtomatikasi va telemexanikasi qurilmalari bilan jihozlanadi. Temir yoʻl uzelida bir yoki bir necha stya boʻlishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x