TEMIR YOʻL AVTOMATIKASI VA TELEMEXANIKASI

TEMIR YOʻL AVTOMATIKASI VA TELEMEXANIKASI — avtomatik va telemexanik boshqarish usullari va vositalari yordamida poyezdlar harakatini boshkarish va harakat xavfsizligini taʼminlash bilan shugʻullanadigan texnika va fan sohasi. Asosiy texnik vositalari signalizatsiya, markazlash va blokirovka kurilmalaridan iborat. Bunda yoʻl blokirovkasi, elektrojezl tizimi, strelka va signallarni markazlashtirish, saralash tepaligi avtomatikasi va telemexanikasi, poyezdlar harakatini avtomatik boshqarish, markazlashgan dispetcherlik asbobuskunalari, t. y. dan oʻtish joylaridagi jihozlarni boshkarish tizimlaridan foydalaniladi. Bu majmua tarkibiga kiradigan apparatkurilmalar, asbobuskunalarni yaratish, tekshirish, maqsadli yoʻlda ishlashini taʼminlash, rivojlantirish yoʻlida izlanishlar olib borish, bashorat kilish va b. omillar soha fani vazifalaridir.

Poyezdlar harakatini avtomatik boshqarish inshootlariga avtodispetcher (avtomashinist) va lozim boʻlganda poyezdlar harakat tezligini avtomatik ravishda sekinlashtiruvchi xavfsizlik avtomatikasi kiradi.

Markazlashgan dispetcherlikda t. y. uchastkasining alohida punktlaridagi strelka va signallarni dispetcherlik xonasidan, poyezdlarning styalar orasidagi harakati esa avtoblokirovka qurilmalari yordamida avtomatik tarzda boshqariladi. Poyezdlarning turgan joyi, yoʻl va svetofor holatlari dispetcherlik postidagi tabloda aks ettiriladi.

Elektronika va elektron vositalar taraqqiyoti tufayli, Temir yoʻl avtomatikasi va telemexanikasi va t. da keyingi 10—15 yil ichida jiddiy oʻzgarishlar yuz berdi. Yoʻlda ishlatilgan kontaktam elektr apparatlar, kontaksiz apparatlar, datchiklar elektron tizimlar bilan almashtirildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x