TELOMERLANISH

TELOMERLANISH (rus. telo tana va yun. meros — qism, ulush) — toʻyinmagan birikmalar (monomerlar) bilan reaksiya zanjirini uzatuvchi (telogen) moddalar oʻrtasidagi zanjir reaksiya. Telomerlanish natijasida mol. m. turlicha boʻlgan mahsulotlar aralashmasi (telomerlar) yuzaga keladi. Bu mahsulotlarning molekulalari monomerlar molekulasi va chekka guruxdan tuzilgan. Telomerlanishni nur, radikallar, ionlar bilan initsirlash mumkin. Initsirlash usuliga koʻra, ionli va radikalli Telomerlanish farqlanadi. Radikalli Telomerlanish ancha keng oʻrganilgan.

Etilenning uglerod (IV) xlorid bilan Telomerlanishi radikalli Telomerlanishga misol boʻla oladi. Initsiator parchalanib, radikal (R°) larni, ular uglerod (IV) xlorid molekulalari bilan reaksiyaga kirishib, trixlormetil radikalini hosil qiladi: R°QCC14»RC1QCC1°3.

Radikalli Telomerlanishni initsirlash maqsadida atsitil va alkil peroksidlar, yogʻ qatorining azobirikmalari, metall organik birikmalar va ultrabinafsha nurlar ishlatiladi. Soʻnggi vaqtda oksidlanishqaytarilish sistemalari, metallar karbonillari, unur, termik initsirlash qoʻllanadi. Telomerlanishda monomerlar sifatida turli toʻyinmagan birikmalar ishtirok etishi mumkin. Telomerlanish reaksiyasidan foydalanib ennat tolasi, lokboʻyoklar va b. noyob birikmalar olingan. Sirka kislota bilan etilenning radikalli Telomerlanish jarayonida ilk bor vodorod atomining 1,5 migratsiyasi orkali erkin radikallarning qayta taqsimlanishi kashf qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x