TELLURIY

TELLURIY (lot. tellus Yer) Yerning Quyosh atrofidagi yillik harakati va oʻz oʻqi atrofidagi sutkalik aylanishini namoyish etuvchi oʻquv asbobi. Telluriyda Yerni ifodalovchi kichikroq sharcha boʻlib, u Quyoshni ifodalovchi kattaroq sharcha atrofida, yaʼni yorugʻlik manbai (mas., reflektorli lampochka) atrofida aylanadi. Telluriyda baʼzan Yer atrofida aylanuvchi va Oyni ifodalovchi juda kichik sharcha boʻlib, bu sharchalar yordamida Yer, Quyosh va Oyning harakati namoyish etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x