TELLURIDLAR — tellurning elektr musbat elementlar, asosan, metallar bilan hosil qilgan birikmalari, tellurid kislota N2Te tuzlari. Telluridlar sulfidlar va selenidlarga oʻxshash boʻlib, tuzilishi va xossalari jihatidan ularga yaqin. Telluridlar komponentlarini inert muhitda bevosita eritib va b. usullarda olinadi. Telluridlar televizor trubkalari, dozimetrlar, nurlanish hisoblagichlari, magnit asboblari, termogeneratorlar va b. da ishlatiladi.
Tabiiy Telluridlar — minerallar; tellurning ogir metallar (Bi, Au, Ag, Pd, Si, Sb, Pt va b.) bilan hosil qilgan tabiiy birikmalari. Tabiiy Telluridlar murakkab, nostexeometrik tarkibli. Metalldek yaltiroq, elektr oʻtkazuvchan; qattiqligi 2—3, zichligi 6—7 g/sm2.
Tabiiy Telluridlarning 40 ga yaqin turi maʼlum. Asosiy minerallari: altait, tellurovismutit, tetradimit, kalaverit, gessit, moncheit, kotulskit, merenskit. Tabiiy Telluridlar kolchedan, misnikel, mismolibden, polimetall konlarida uchraydi. Tabiiy Telluridlardan asl metallar (Ai, Ag, Pt, Pd) va tellur ajratib olinadi.