telegram: Ziyofatga marhabo!!!


Post Views:
402

Mehmon mezbon tomonidan e’zozlanadi, ko‘ngli olinadi, mehmondorchilik mobaynida bo‘lgan kamchiliklar uchun hatto uzr ham so‘raladi. Mehmonning ardoqlanishi mezbonga nisbatan qanchalik qadrliligiga qarab ziyofat qilinadi.

Zakariyo alayhir-rohmah aytadilar:

“Biror kishi to‘y ziyofat uyushtirsa, to‘yga hammani aytadi. Aytilgan odamlar da’vatiga ijobat qilib bir marta borishligi vojib bo‘lganidan, bir marta borib ziyofatdan bahramand bo‘ladi. Lekin to‘y egasiga yaqin qadrdonlari bir marta emas balki ular uchun doimo to‘yxona eshigi ochiq bo‘lganidan, xohlagan vaqtida kirib chiqib, yeb to‘yib yuraveradi.

Huddi shu kabi Alloh taolo ham hamma xalqqa har kunda besh vaqt namozni,yilda bir oy ramazon ro‘zasini, bir yilda bir marta zakotni, umrida bir marta haj qilishni farz qilgan. Lekin Alloh o‘zining suygan qadrdon bandalariga nafl eshigini ochib qo‘ygan”. (iqtibos tugadi)

Ya’ni Alloh taologa muqarrab bo‘lish istagida bo‘lganlar: “Endi biz faqat besh vaqtdan boshqa namoz o‘qimaymizmi, bir yilda bir oydan boshqa ro‘za tutmaymizmi, bir martta zakotdan boshqa infoq qilmaymizmi, umrimizda bir marta hajdan boshqa haj qila olmaymizmi?”, deb o‘ksimasliklari uchun, nafl namozlar, nafl ro‘zalar, nafl sadaqotlar, nafl umra ibodatlarni joriy qilib, bandalarining ichida alohida, xos Alloh taoloning ziyofatidan qayta-qayta bahramand bo‘lishlari uchun “Allohning suyganlari” nomli eshikdan kirish imkoniyatini berib qo‘ygan.

Bu eshikdan kirib Allohning “Qadrdon mehmonlari” bo‘lishga yer yuzidagi barcha insonlar haqli. Allohga «qadrdon mehmon» bo‘lish istagida bo‘lgan hech kimsani U Zot hech qachon eshigidan haydamaydi. Bu yo‘lga chiqqanlarni xor qilib qo‘ymaydi, aksincha qo‘llab quvvatlaydi. Bu haqida Alloh taolo «Rum» surasining 69-oyatida shunday marhamat qiladi:

وَالَّذِينَ جَاهَدُوا فِينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا ۚ وَإِنَّ اللَّهَ لَمَعَ الْمُحْسِنِين

“Bizning(yo‘limizda) jiddu jahd qilganlarni O‘z yo‘llarimizga hidoyat eturmiz. Albatta, Alloh chiroyli amal qilguvchilar bilandir”.

Ya’ni bu safarga chiqish uchun avval banda yo‘lga otlanishi kerak, yurishi kerak. Yurmay turib orzu qilgan bilan yo‘l bosilib, manzilga yaqinlashib qolinmaydi.

Mana shu oyat tafsirida Muhammad Taqiy Usmoniy rohmatullohi alayh, hazrat Ashraf Ali Tahonaviydan keltirib shunday deydilar: “Oyatdagi “hidoyat qildi” lafzini ikki xil tarjima qilib tushunsa bo‘ladi: 1. Ko‘chada adashib qolgan kishiga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib qo‘yishlik. 2. Adashgan kishini boradigan manziliga uning qo‘lidan tutib olib, yo‘l boshlab, yo‘lda har xil bo‘ladigan qiyinchiliklardan himoya qilib manziliga eltib qo‘yishlikdir. Oyatdagi “Hidoyat eturmiz” shunga monand. Buning misoli shuki, agar bir oilada chaqaloq tug‘ilsa, 6-7 oylik bo‘lib emaklashdan tik turib ilk bor ota-onasining ko‘zini quvontiradigan narsa uning qadam bosishidir. Ota-ona uni yurishga o‘rgatish uchun devorga turgizib qo‘yib, ikkisi ham bir, ikki qadam oldida turib olib qo‘llarini cho‘zib, bolaga «qani-qani, yur-yur» deyishadi. Agar bola yurmay turaversa ular ham bolani tek qo‘yishadi. Agar bola bir ikki qadam yurib endi yiqilishga ketsa yoki otasi yoki onasi uni yiqilmasidan qo‘ltig‘idan olib bag‘riga bosib ko‘tarib oladi”, dedilar.

Biz insonlarning ahvoli ham huddi shunday. Biz Allohga yaqin bo‘lishiligimiz uchun Uning yo‘liga tushib avval bir-ikki qadam tashlaylik uyog‘iga O‘zi yo‘lga boshlab qo‘llab-quvvatlab yo‘l yo‘lakay urintirmay manzilimizga yo‘llab qo‘yadi. Lekin bu safarga chiqmasak, bir-ikki qadam tashlamasak, Allohdan “Hidoyat” qo‘llab-quvvatlash ham kelmaydi.

Biz insonlarni Alloh taolo shunday o‘xshashi yo‘q ziyofatga taklif qilganki, u ziyofat bu hayotimizdek, ba’zi boylarning bir kun yoki ikki kunlik ziyofatidek vaqtinchalik emas. U ziyofat dasturxoni jannatga to‘shalgan. Uning sakkiz eshigi bor. Uning ichidagi nozu ne’matlar tugamas, huri g‘ilmonlar xizmatda, charchoq yo‘q, toliqish yo‘q, qiyinchilik, mashaqqat yo‘q. Unga kiriboq hamma g‘am tashvishlar unutiladi. U jannat to‘yxonasiga yer yuzidan mehmonlar keladi. Har bir mehmon eson-omon yetib kelishlari va yo‘llarda adashib qolmasliklari uchun har zamonga xos jarchi payg‘ambarlar yo‘llangan, ularning ba’zilariga mehmonlar ziyofat manziliga to‘g‘ri borishni aks etgan ilohiy xarita berilgan. Ushbu xarita orqali insonlar safarga chiqadilar, ba’zilar safarlari mobaynida qiyinchilikka duchor bo‘lgan bo‘ladilar. Lekin ALLOH (mezbon) bu yo‘lda chekilgan zahmatlarni, charchoqlarni alohida taqdirlaydi.

Alloh taolo jannat ziyofatiga yetib borishligimizda O‘zi madad bersin. Borar yo‘limizdan adashtirib qo‘ymasin. Hammamizga (siz azizlarim bilan birga bizga ham) jannat ziyofat dasturxoni tepasida jam bo‘lib, MEHRIBON ROBBIMIZ JAMOLINI KO‘RISHLIK NASIB QILSIN. AMIN!!

Ilhomjon Umarjon o‘g‘li,
“Mo‘yi Muborak” “Ukkosha” jome’ masjidi imom xatibi

@shoshuz

Mobil telefonlar uchun kanalga a’zo bo‘lish

https://shosh.uz/uz/telegram-ziyofatga-marhabo/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x