Telegram reklama platformasi haqida ayrim faktlar

Telegram reklama platformasi haqida ayrim faktlar

E’tibor bergan bo’lsangiz, ruscha kanallarda sinov tariqasida Pavel Durovning kanaliga eltuvchi reklama xabarlar chiqa boshladi. Quyida esa ma’lum bo’lgan faktlar:

✅ Reklamalar faqat kanallarda ko’rinadi. Guruhlar, shaxsiy yozishmalar va chatlar ro’yxatida ular ko’rinmaydi.

✅ Reklamada faqat bot yoki kanalga link bo’lishi kerak, tashqariga link qo’yish mumkin emas.

✅ Reklama platformasidan foydalanish uchun boshlang’ich ravishda 2 mln yevro (25 mlrd. sum) depozit kiritish kerak. Shunda agar, reklama beruvchi 1 yil davomida 10 mln yevrodan kam harajat qilsa, depozitning yarmi Telegram hisobiga o’tib ketadi.

✅ Tez tayyorlanadigan taomlar, ya’ni fastfudni reklama qilish mumkin emas. Telegram uni giyohvand moddalar, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlar bilan bir qatorga kiritgan.

Xulosa

Reklama berish uchun 2mln yevro kiritish bu yaxshi o’ylangan harakat. Chunki, turli xil firibgarlar va titangellar sotuvchilarida bunaqa pul yo’q. Lekin, kazino va «iksbet»lar uchun bu katta summa deb bo’lmaydi. Albatta, xotdog reklama qilish mumkin bo’lmagan joyda qimorbozlikka ham joy bo’lmaydi degan umiddamiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x