Assalomu alaykum, texnomanchilar! Bugun sizlar bilan kunlik yumushlarimiz orasidan tobora chuqurroq o’rin olib borayotgan, internet orqali ishlovchilarning og’irini yengil, uzog’ini yaqin, pul bo’lmagan taqdirda ham o’z xizmatlarini ba’zi bir operator abonentlari uchun taqdim qilishdan charchamaydigan TELEGRAM messenjerining siz bilgan, bilmaydigan va bilishni xohlaydigan amallari haqida so’z yuritmoqchimiz. Messenjerdan juda ko’pchilik Ingliz tilida foydalanishini inobatga olgan holda atamalar ingliz tilida ko’rsatib o’tiladi.
1. Telegram Desktop dasturida kerakli suhbatlar va keraksizlarini tartiblash uchun ajoyib usul. Barcha ovozi o’chirilgan chatlarni yashirish uchun Settings menyusiga kirib «workmode» so’zini yozib OK ni bosing! Shunga o’xshash ba’zi bir yashirin kodlar quyida keltirilgan:
moderate
testmode
debugmode
loadlang
crashplease
2. Agarda siz Telegramdagi faolligingiz vaqtini kontaktlaringizga ko’rsatmaslik amalini yoqib qo’ygan bo’lsangiz, yoki boshqa bir kontaktingiz ushbu amaldan foydalansa, uning qancha vaqtdan beri faol bo’lmaganligi haqida sizga ma’lumot beruvchi yozuvlarning sharxlari quyida keltirilgan:
Last seen recently — 1 soniya va 2-3 kun oralig’idagi vaqt
Last seen within a week — 2-3 kun va 7 kungacha bo’lgan vaqt
Last seen within a month — 6-7 kundan bir oy oralig’idagi vaqt
Last seen along time ago — bir oydan ko’p bo’lgan vaqtlarda (ushbu yozuvni bloklangan foydalanuvchilar doim ko’radi)
3. Yana bir maslahatimiz, siz faolligingizni ko’rishni ta’qiqlab qo’ygan bo’lsangiz ham sizga xabar kelganida uni o’qishingiz bilan siz xabar yuboruvchining messenjerida «Onlayn» holatiga o’tib qolasiz. Lekin «Onlayn» holatiga o’tmasdan turib xabar o’qish imkoni ham mavjud. Buning uchun sizga xabar kelishi bilanoq, Internetni o’chirib (Yoki Avtonom rejimini yoqib) kelgan xabarni o’qishingiz keyin esa qayta yoqib huddi o’qimagandek holatda turish.
4. Sizning telefon raqamingiz siz tanimaydigan insonlarda qachon paydo bo’lib qolishi mumkin?
Agarda siz birorta odamni telefon kontakti sifatida do’stlaringizga qo’shgan vaqtingizda;
Agarda sizning kontkatingizda bo’lmagan odam sizning xabaringizni birorta guruh yoki kanalda qayta yuborgan bo’lsa, sizning raqamingiz o’rnida «unknown» so’zi turadi;
Agar sizning raqamingiz kontakt sifatida ulashilgan bo’lsa.
5. Agarda Android telefoningizda o’qishni xohlamagan xabarlar haqida bildiruv uni ochmaguningizgacha kelaverayotgan bo’lsa, Settings -> Notifications and Sounds -> Repeat Notifications ga kirib turn repeated notifications off punktini tanlab qo’ying.
6. Bilasizmi? sizning telegramdagi profilingiz o’chirilgan bo’lsa ham siz tuzgan kanallar o’chib ketmaydi
7. Kerakli xabarlar, musiqalar, videolar va barcha boshqa turdagi fayllarni o’zingiz uchun saqlab qo’yishni istasangiz, siz o’zingiz bilan o’zingiz suhbat qurishni boshlang buning uchun:
O’z telefon raqamingizni kontaktlaringiz ro’yxatiga qo’shishingiz yoki
Izlash maydoniga Telegram messenjeridagi nomingizni (username) yozib, o’z profilingizni topish amallarini bajarishingiz kifoya