TELEGRAFIYA

TELEGRAFIYAtelegraf aloqann tashkil qilish tamoyillarini oʻrganish, telegraf signallarini uzatish usullarini ishlab chiqish va bu usullarni amalga oshirish uchun moʻljallangan apparatlarni yaratish bilan shugʻullanuvchi fan va texnika sohasi. Telegraf kanallari buyiʻcha xabarlarni uzatish sifatini baholash bilan ham shugʻullanadi.

Asosiy vazifalariga kura, Telegrafiya ilmiy-texnik fan sifatida quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi: telegraf kodlari (uzatishda harfraqamli xabarlarni elektr signallariga va qabul qilishda aksincha aylantirish); oxirgi telegraf qurilmalari (telegraf apparatlari, transmitterlar va referforatorlar, signallarni uzatish va qabul qilish usullari, elektron va raqamli apparatlarni ishlab chikish); telegraf kanallari (liniya aloka vositalaridan samarali foydalanish, zarur parametrli kanallar qurish); telegraf tarmoqlari (abonentlar va oxirgi punktlarni ulash usullarini tanlash, telegraf styalarini eng qulay joylashtirish, abonentlarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash).

Telegrafiya boshqa aloqa turlaridan farqli ravishda harf, raqam va tinish belgilaridan iborat diskret (uzuquzuq) xabarlar bilan ish yuritadi. Uzatiladigan xabarlar ham diskret hisoblanadi. Umumiy aloqa nazariyasi va axborotlar nazariyasi Telegrafiyaning nazariy asosini tashkil qiladi. Telegrafiyada ehtimollar nazariyasi va mantiqiy algebradan ham foydalaniladi. Faksimil aloqa tamoyillarini oʻrganish bilan shugʻullanadigan fototelegrafiya Telegrafiyaning muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x