TELEFON (tele… va fon) — 1) elektr signallarini tovush signallariga aylantirib beradigan elektrakustik asbob. Elektromagnitli, elektrodinamik va pyezoelektr xillarga bulinadi. Elektromagnitli Telefon eng keng tarkalgan. Uning asosiy elementlari doimiy magnit, chulgʻamli qutblar va membranadan iborat. Abonent «telefon kilganida» T. signalining oʻzgaruvchan elektr toki taʼsirida membrana tebranib, tovush hosil qiladi. Telefon telefon apparati, turli radiotexnika asboblari va b. kurilmalarda ishlatiladi; 2) telefon apparatining qisqa nomi; 3) telefon aloqannt qisqa nomi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые