TELEBOSHQARISH — biron bir obyektning ishini nazorat qilish, agar zarur boʻlsa, ish rejimini oʻzgartirish, uning fazodagi xrlati yoki vaziyatini oʻzgartirib turish va b. uchun moʻljalangan boshqarish qurilmalari majmui. Telemexanikanint bir qismi. Teleboshqarishda operator (kompyuter) boshkariladigan obyektga yuboradigan kodlangan elektr yoki radiosignallar aloqa kanali orqali uzatiladi. Teleboshqarish signallari boshqariladigan obyektning avtomatik tizimi zanjiriga taʼsir etadi. Teleboshqarish operator yoki boshqa uzatish qurilmasining tashqi taʼsirini kodlangan signalga aylantiruvchi kodlash va signallarni ajratuvchi dekodlash qurilmalaridan iborat. Kodlash qurilmasi aloqa kanalida kodlangan signallarni uzok, masofaga uzatadi; dekodlash qurilmasi esa turli komandalarning signallarini turlarga ajratadi. Teleboshqarish diskret (uzlukli) va uzluksiz turlarga boʻlinadi. Diskret boshqarish tizimlarida avtomatikaning moye zanjirlarini tanlash va bu zanjirlarga taʼminlash manbalarini ulash yoki uzish uchun «ulash», «uzish» kabi turli komandalar uzatiladi. Uzluksiz boshqarish tizimlari ish bajaruvchi organlari uzluksiz koʻp turli vaziyatlarga ega boʻlgan mexanizmlar (mas., xarakatlanuvchi obyektning ruli)ni boshqaradi. Bunday organlarning vaziyati avtomatik tizimning biror zanjiridagi kuchlanish qiymatini oʻzgartirib boshqariladi. Teleboshqarish qoʻllaniladigan aloqa kanallarining soniga, seleksiya usullari ga va signallarning farqiga, apparatura turiga va konstruktiv jihozlanishiga qarab turlarga boʻlinadi. Bir necha aloqa kanali boʻlgan tizimlar boshqarish punkti bilan boshqariladigan obyekt orasidagi masofa uncha katta boʻlmagan hollarda qoʻllanadi. Masofa ortgan sari bir kanalli aloqa tizimidan va ancha murakkab kodlash, dekodlash qurilmalaridan foydalaniladi. Teleboshqarishdan havoda, yer ustida, suvda harakatlanuvchi obyektlarning harakatini (uchishini) yoki zaryadlarni portlatishni masofada turib boshqarishda ham foydalaniladi (q. Radiotelemexanika).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые