TEKTONIK VAL — nisbatan kambar (eni bir necha oʻn km) va uzun qiya (100 — 300 km), asosan, asimmetrik koʻtarilma; platformalar uchun xos. Bal. 100 m gacha (oʻrtacha mayd. 200 dan 6000—10000 km2 gacha). Tektonik vallar braxiantiklinal burmalar (plakantiklinal)ning zanjiri yoki zanjirlari (murakkab vallar)dan iborat. Tektonik valning katta qismi antekliza va sineklizalar oʻrtasidagi chegara zonasida yoki fundamentning yoriqlari ustida rivojlanadi. Yoshroq platformalarda Tektonik val, odatda, burmali asosga ega boʻlgan antiklinal zonalarning kuchli zaiflashgan koʻrinishini takrorlab, ularning oʻrnini egallaydi. Aksari Tektonik val doirasida joylashgan mayda koʻtarilmalar neftgaz toʻplamlari bilan bogʻliq. Odatda, qad. platformalar plitalarida Tektonik vallar fleksuralar bilan chegaralangan va koʻpincha koʻtarilmalar va fundamentni botqokligini chegaralovchi yoriqlar zonasini kuzatib boradi. Ular chokli Tektonik vallar deb ataladi. Tektonik val larning inversion, megaval yoki yirik, murakkab turlari mavjud. Tipik Tektonik val larga Rossiya plitasidagi OkaSna, DonMedveditsa, Vyatka vallari kiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые