TEKIS BOSMA MASHINASI — matn va tasvirlarni koʻplab chop etishda ishlatiladigan bosma mashina. Bunda qolip tekis stol — ilgarilamakayta harakat qiluvchi talerga, qogʻoz esa aylanuvchi silindrga mahkamlanadi. Tekis bosma mashinasining silindri bir siklda 2-marta aylanadigan 2 aylanishli, 1-marta aylanadigan 1 aylanishli, stopsilindrli (silindri toʻxtaydigan) va reversiv xillarga boʻlinadi. Tekis bosma mashinasida kichik adadli nashrlar bosiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые