TEIZM (yun. theos — xudo) — xudo olamdan tashqarida turadi, olamni oʻz irodasi bilan yaratgan va unda mavjud bulgan mutlaq shaxs deb tushunuvchi liniy dunyoqarash. Narigi dunyodagi xudoni tan olish T. ni panteizmdan, xudoning doimiy faolligini tan olish esa deizmdan farklantirib turadi. Teizm kelib chiqishi jihatidan oʻzaro yaqin boʻlgan iudaizm, xristianlik va islom dinlari uchun xosdir. «Teizm» atamasini dastlab ingliz faylasufi R. Kedvort (1617—88) qoʻllagan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые