TEGIN

TEGIN, takin (turkiycha — qul) — 1) hunlar davrida yabgʻudan keyingi 2oliy darajali mansab;

2) Gʻarbiy va Sharqiy Turk xoqonligida (6—8-a.) hukmdor — qagʻan (xoqon)dan keyingi 2oliy lavozim, yaʼni taxt vorisi, qoyimmaqom. Ayni chogʻda davlat boshligʻi farzandlari — xonzodalar ismiga qoʻshib aytiladigan sharafli unvon. (mas., Kultegin, Yoʻllugʻgegin va b.);

3) Krraxoniylar saltanatida Tegin — xonzoda muayyan mulkka egalik qilgan, harbiy harakatlarda qoʻshinni boshqargan. Sharqiy Turk davlatlari (uygʻurlar va qoraxoniylar) da Tegin «xonzoda» maʼnosida moʻgullar bosqiniga qadar mavjud bulgan;

4) Somoniylar, Gʻaznaviylar va Saljuqiylar lashkarida uzoq muddat xizmat qilish evaziga yuksak martabalarga erishgan qul, gʻulom. Xususan, Mahmud Gʻaznaviyning otasi — Sabuktegin suboshi — lashkarboshi darajasigacha koʻtarilgan. Xorazmshoxlar bobokaloni Anushtegin dastlab saljuqiy Bilgateginning gʻulomi boʻlgan. Somoniylar qoʻshinida keyinchalik sipohsolor unvonini egallagan Alptegin ham turk gʻulomlaridan boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x