TEFIYA — Saturn sayyorasining yoʻldoshlaridan biri. Yulduz kattaligi 10,6, diametri 1050 km, sayyoradan oʻrtacha uzokligi 295000 km. T. Saturn atrofini taxm. 2 sutkada aylanib chiqadi. Tefiyani 1684-y. da fransuz astronomi J. Kassini ochgan. Odissey krateri (kengligi 400 km) va 3 ming km ga choʻzilib ketgan Itaka kanyoni bilan mashhur. Tefiya Quyosh sistemasidagi oʻz yoʻldoshlari (oʻlchamlari 20 km dan boʻlgan Telesto va Kalipso)ga ega bulgan yoʻldoshdir. Tefiya 1981-y. «Voyajer1», 1982-y. da «Voyajer2» kosmik apparatlari yordamida oʻrganilgan. Tefiya, asosan, muz xrlatidagi suvdan tashkil topgan. Tefiya baʼzan Fetida, Tefis, Tetis deb xam ataladi (ya na q. Sayyoralar yoʻldoshlari).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые