TAYVAN

TAYVAN, Formoza — Tinch okeandagi orol, Osiyoning jan. sharqiy qirgʻoklari yaqinida, materikdan Tayvan boʻgʻozi orqali ajralgan. Atrofidagi mayda orollar bilan Xitoy provinsiyasini tashkil etadi. Mayd. 36 ming km2. Maʼmuriy markazi — Taybey sh. Aholisi 22,3 mln. kishi (2001), 1 km2 ga 621,7 kishi toʻgʻri keladi. Rasmiy til — xitoy (mandarin) tili. Aholi buddizm, daosizm va xristian dinlariga eʼtiqod qiladi. Pul birligi — yangi Tayvan dollari.

Tayvanning qirgʻoq chizigʻi tekis, sharqiy qismida Tayvanshan suvayirgʻich tizmasi oʻtgan. Gʻarbiy sohili tekislik. Shim. da bir necha soʻngan vulkan bor. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Iklimi shim. da subtropik, jan. da tropik, mussonli ikdim, yanv. ning trasi 15 — 20°, iyulniki 25—30°. Yillik yogʻin 1500—2500 mm. Tez-tez tayfun boʻladi. Daryolari sersuv. Hududining yarmiga yakini doim yashil oʻrmon bilan qoplangan, 3300 m dan baland kismi butazor va oʻtloklar. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, koʻmir qazib olinadi, oltingugurt konlari bor. Tekisliklarda sholi, choy, batat, shakarqamish, ananas va h. k. ekiladi.

Orol haqidagi dastlabki maʼlumotlar 1—2-a. lardagi Xitoy manbalarida uchraydi. 1590-y. da Tayvanni portugallar bosib olib, Formoza (goʻzal, nafis) deb ataganlar. 1624-y. dan gollandlar nazoratida boʻldi. 1861-y. da ulardan ozod etilib, maʼmuriy jihatdan Xitoyning Fuszyan provinsiyasi tarkibiga kiritildi. 1887-y. da esa alohida provinsiya kilib ajratiddi. 1894—95 y. lardagi Yaponiya — Xitoy urushidan soʻng orol yaponlarga oʻtdi. 2jahon urushida yaponlar yengilgach, Tayvan 1945-y. da Xitoyga qaytarildi. 1949-y. da XXR tashkil etilgach, magʻlub boʻlgan gomindanchilar Tayvanga oʻrnashib oldilar va «Xitoy Respublikasi hukumati»ni tuzdilar. Tayvanda amal qilinadigan konstitutsiyaga muvofiq Tayvan hukumati orolni 6 y. muddatga saylangan prezident boshkaradigan «Xitoy Respublikasi» deb nomladi. XXR hukumati esa Tayvan maʼmuriyatiga «bir davlat — ikki sistema» shaklini taklif etdi. Unga muvofiq orol tinch yoʻl bilan yagona Xitoy yurisdiksiyasi ostidagi oʻz ijtimoiy tizimiga ega maʼmuriy rn boʻlishi lozim. Tayvan hukumati esa bunga qarshi va u «bir mamlakat — ikki hokimiyat» shaklini taklif etmokda. Tayvanning oliy boshqaruv organlari — Milliy majlis va 5 asosiy palata (yuan) dan iborat. Prezident, Milliy majlis va palatalar 6 yil muddatga saylanadi. 40 dan ortiq partiya roʻyxatga olingan, yetakchi partiyalar — demokratik progressiv partiya, gomindan partiyasi (Millatparvar partiya).

2jahon urushidan soʻng Tayvan iqtisodiy oʻsish va eksport boʻyicha dunyoda eng yuqori surʼatlarga ega boʻlib, iqtisodiy jihatdan kuchli maʼmuriy tuzilmaga aylangan. Hozirda T. Sharqiy Osiyoning «Toʻrt kichik iqtisodiy ajdar»i — Koreya Respublikasi, Singapur va Syangan guruhidagi ,yangi industrial mamlakat hisoblanadi. 1991-y. dan OsiyoTinch okean iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga aʼzo. Tayvanning yalpi ichki mahsuloti 270 mlrd. dollardan ziyod boʻlib, jahonda 20oʻrinni egallaydi. Iqtisodiy oʻsish surʼati — 65,1%. Kompyuter, elektron uyroʻzgʻor apparaturasi, kiyimkechak, poyabzal, sport yaxtalari ishlab chiqarish. boʻyicha jahon xoʻjaligida yetakchi oʻrinni egallaydi. Tayvan elektronika tarkibiy kismlari, mebel, toʻqimachilik, metallurgiya, kimyo, aniq mashinasozlik mahsulotlarining yirik eksport qiluvchisi. Asosiy sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, radioelektronika, kemasozlik, oziq-ovqat, sement, oʻrmonyogʻochsozlik, poʻlat eritish. Yirik sanoat shaharlari: Taybey, Szilun, Taychjun, Gaosyun. Kamfara ishlab chiqarish. va eksport qilishda dunyoda 1oʻrinda. Hududining 24% ekin maydoni. Asosiy ekini — sholi, shuningdek, shakarkamish, batat, ananas ham yetishtiriladi; choy plantatsiyalari bor. Chorvachilikda qoʻy boqiladi. Baliq ovlanadi.

Tayvanni dunyoning 29 davlati tan olgan. Asosiy savdo hamkorlari — AQSH, Yaponiya, Syangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x