Taygeronс рецептом

Metitsillinga rezistent bo‘lgan tilla-rang stafilokokk ftorxinolonlarga, shu jumladan levofloksatsinga ham chidamli bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Shunday qilib, metitsillinga rezistent bo‘lgan stafilokokk keltirib chiqargan yoki u tomonidan keltirib chiqarilishiga shubhalar bo‘lgan infektsiyalarni davolaganda, agar laboratoriya tahlillarining natijalari mikroorganizmning levofloksatsinga sezgirligini tasdiqlamasa (shuningdek, agar metitsillinga rezistent bo‘lgan stafilokokk keltirib chiqargan infektsiyalarni davolaganda odatda buyuriladigan antibakterial vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiq deb hisoblanmasa), levofloksatsinni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Levofloksatsinni o‘tkir bakterial sinusitni va surunkali bronxit zo‘rayishini davolashda ushbu infektsiyalarga to‘g‘ri tashhis qo‘yilgan taqdirda qo‘llash mumkin.

Siydik chiqarish yo‘llarida eng ko‘p tarqalagan patogen bo‘lgan E.

coli ning ftorxinolonlarga rezistentligi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida o‘zgaruvchan bo‘ladi.

Shu sababli preparatni buyurayotgan shifokorga mintaqada E.

coli ning ftorxinolonlarga rezistentligi darajasini inobatga olish tavsiya etiladi.

Tendinit va paylarning uzilishi Kam hollarda tendinit yuzaga kelishi mumkin.

Axill payi eng ko‘p shikastlanadi, tendinit paylarning uzilishiga olib kelishi mumkin.

Tendinit va paylarning uzilishi, ayrim hollarda ikki tomonlama bo‘lgan pay uzilishlari levofloksatsin bilan davolash boshlanganidan keyin 48 soat davomida yuzaga kelishi mumkin, shuningdek ushbu patologiyalarning davolash to‘xtatilganidan keyin bir necha oy davomida yuzaga kelishi hollari haqida xabar berilgan.

Tendinit va paylarning uzilishi rivojlanishi xavfi 60 yoshdan katta bo‘lgan patsiyentlarda, 1000 mg sutkalik dozalarni qabul qilayotgan patsiyentlarda, shuningdek kortikosteroidlar qabul qilinganida oshadi.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda kreatinin klirensiga bog‘liq ravishda sutkalik dozaga tuzatish kiritish lozim.

Demak, levofloksatsin buyurilganida bunday patsiyentlar yuzasidan sinchkov monitoring olib borilishi zarur.

Tendinit simptomlari yuzaga kelganida barcha patsiyentlar davolovchi shifokorga murojaat qilishlari lozim.

Tendinitga shubha qilinganida levofloksatsin qo‘llanilishini darhol to‘xtatish va shikastlangan payni tegishli ravishda (masalan, unga yetarlicha immobilizatsiyani ta’minlagan holda) davolashni boshlash lozim.

Clostridium difficile keltirib chiqaradigan kasalliklar Levofloksatsin bilan davolash vaqtida yoki davolangandan keyin (shu jumladan davolash yakunlangandan keyin bir necha hafta o‘tgach) yuz beradigan diareya, ayniqsa og‘ir, davomli va/yoki qon bilan aralash kechuvchi diareya Clostridium difficile keltirib chiqaradigan kasallik simptomi bo‘lishi mumkin.

Clostridium difficile keltirib chiqaradigan kasallik og‘irlik darajasi bo‘yicha yengil darajadan to hayotga xavf soluvchi darajagacha bo‘lishi mumkin, bunda soxtamembranoz kolit eng og‘ir shakli bo‘lib hisoblanadi.

Shunday qilib, agar patsiyentlarda levofloksatsinni qo‘llash bilan davolash vaqtida yoki undan keyin og‘ir diareya rivojlansa, mazkur tashhisni e’tiborga olish muhim.

Clostridium difficile keltirib chiqaradigan kasallikka shubha qilinganida levofloksatsin qo‘llanilishini darhol to‘xtatish va shoshilinch tegishli davolashni boshlash lozim.

Peristaltikaga qarshi preparatlarni mazkur klinik vaziyatda qo‘llash mumkin emas.

Tirishishlar yuzaga kelishiga moyil patsiyentlar Xinolonlar tirishishlarga tayyorlik bo‘sag‘asini pasaytirishi va tirishishlarni chaqirishi mumkin.

Levofloksatsinni anamnezda tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas, va boshqa xinolonlar kabi mazkur preparatni tirishishlarga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda yoki faol moddalari (masalan, teofillin) tirishishlarga tayyorlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi dori vositalarini qo‘llagan holda birga olib boriladigan davolashni o‘tkazishda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Konvulsiyali tirishishlar yuzaga kelganida levofloksatsinni qo‘llagan holda davolashni to‘xtatish lozim.

Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchili bo‘lgan patsiyentlar Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza faolligining yashirin yoki yaqqol buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda xinolonli antibakterial preparatlar bilan davolashni o‘tkazishda gemolitik reaktsiyalarlarga moyillik kuzatilishi mumkin.

Shunday qilib, bunday patsiyentlarda levofloksatsinni qo‘llash zarurati bo‘lganida ularni gemoliz yuzaga kelishi yuzasidan kuzatish lozim.

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar Levofloksatsin asosan buyraklar orqali chiqarilishi tufayli, buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda Taygeron tabletkalari dozasiga tuzatish kiritish lozim.

Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari Levofloksatsin og‘ir va potentsial o‘lim bilan yakunlanuvchi (masalan angionevrotik shishdan to anafilaktik shokkacha) yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lib, ular ba’zida preparatning birinchi dozasi yuborilganidan keyin yuzaga keladi.

Patsiyentlar darhol davolashni to‘xtatishi va tegishli shoshilinch yordam ko‘rsatilishi uchun davolovchi shifokor yoki tez yordam shifokori bilan bog‘lanishi lozim.

Og‘ir bullyoz reaktsiyalari Levofloksatsinni qo‘llaganda Stivens–Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir bullyoz teri reaktsiyalari yuzaga kelishi hollari haqida xabar berilgan.

Terida/shilliq qavatlarda reaktsiyalar yuzaga kelganida davolashni davom ettirishdan oldin patsiyentlarga davolovchi shifokor bilan darhol bog‘lanishni tavsiya etish lozim.

Disglikemiya Barcha xinolonolarni qo‘llagandagi kabi qonda glyukoza miqdorining buzilishlari, shu jumladan gipoglikemiya ham, giperglikemiya ham yuzaga kelishi haqida xabar berilgan bo‘lib, ular odatda diabeti bo‘lgan, peroral gipoglikemik preparatlar (masalan, glibenklamid) yoki insulin qo‘llangan holda qo‘shimcha davolanayotgan patsiyentlarda kuzatilgan.

Gipoglikemik koma hollari haqida xabar berilgan.

Diabeti bo‘lgan patsiyentlarda qonda glyukoza darajasini sinchkov kuzatib borish tavsiya qilinadi.

Fotosensibilizatsiyani oldini olish Levofloksatsin qo‘llaganda fotosensibilizatsiya yuzaga kelishi haqida xabar berilgan.

Fotosensibilizatsiya rivojlanishini oldini olish uchun patsiyentlarga davolash vaqtida va u to‘xtatilganidan keyin 48 soat o‘tgach kuchli quyosh nuri yoki sun’iy UB nurlanishi (masalan, UB lampa, solyariy) ta’sirida zaruratsiz bo‘lish tavsiya etilmaydi.

K vitaminining antagonistlari qo‘llangan holda davolanayotgan patsiyentlarda Koagulyatsiya sinamalari (PV/XNN) ko‘rsatkichlari oshishi va/yoki qon ketishi yuzaga kelishi ehtimoli tufayli, levofloksatsin va K vitamini antagonisti (masalan, varfarin) majmuasi qo‘llanilgan holda davolanayotgan patsiyentlarda mazkur preparatlar bir vaqtda qo‘llanilganida koagulyatsiya sinmalari natijalari monitoringini olib borish zarur.

Psixotik reaktsiyalar Xinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni qabul qilgan patsiyentlarda psixotik reaktsiyalar yuzaga kelishi hollari haqida xabar berilgan.

Juda kam hollarda, hatto levofloksatsin dozasini bir marta qo‘llanilganidan keyin bunday reaktsiyalar patsiyentning o‘ziga xavf tug‘diruvchi o‘z joniga qasd qilish fikrlari va xulqi paydo bo‘lishiga qadar rivojlanib borgan.

Bunday reaktsiyalar paydo bo‘lganida levofloksatsinni qabul qilish to‘xtatilishi va tegishli choralar ko‘rilishi lozim.

Levofloksatsinni psixoz bo‘lgan bemorlarda yoki anamnezda ruhiy kasalliklar mavjud bo‘lganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

QT intervalini uzayishi Ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni: QT intervalini uzayishi tug‘ma sindromi;QT intervalini uzayishini keltirib chiqaruvchi dori preparatlarini (masalan, aritmiyaga qarshi IA va III sinfi preparatlari, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar) birga qo‘llanilishi;elektrolitlar muvozanatining muvofiqlashtirilmagan buzilishlari (masalan, gipokaliyemiya, gipomagniyemiya);yurak kasalliklari (masalan, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya) kabi QT intervali uzayishi xavfining ma’lum omillari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Keksa yoshdagi bemorlar va ayollar QT intervali uzayishini keltirib chiqaruvchi preparatlarga sezgirroq bo‘lishlari mumkin, shu sababli ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni patsiyentlarning mazkur guruhida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Periferik neyropatiya

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x