TAXIN PASHSHALAR

TAXIN PASHSHALAR (Tachinidae) ikki qanotli, qisqa moʻylovli tekinxoʻr pashshalar oilasiga mansub etnomofag hasharotlar. 5000 ga yaqin turi maʼlum. Tanasining uz. 3—20 mm, uzun va qattiqtuklar bilan qoplangan (ikkinchi «tipratikan ggashsha» nomi ham shundan). Lichinkasi oyoqsiz, chuvalchangeimon, oqish. Gʻumbagi yopiq, soxta pillada joylashgan. Taxin pashshalarning hamma turlari hasharotlarning (asosan ichki, baʼzan tashqi) paraziti. Lichinkasi turli tunlam qurtlarida, qoʻngʻizlari lichinkasi voyaga yetgan hasharotlarda va qandalalar tanasida parazitlik qiladi. Hayvon — xoʻjayin tanasida yoki tuproqda gʻumbakka aylanadi. Voyaga yetganlari oʻsimlik gul shirasi va bargidagi shira bilan oziqlanadi. Havo ochiq kunlari aktiv. Baʼzi turlari kolorado va yapon qoʻngʻizlariga, ipak qurti hamda b. zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida iqlimlashtirilgan. Ulardan Gonia cilipeda turi ayniqsa tajovuzkor. Taxin pashshalarning shu turi gʻoʻza va kuzgi tunlam qurtlarini 5—20%gacha yoʻqotadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x