TAXALLUS

TAXALLUS (arab. — qutulish, xalos boʻlish) — biror ijodkor (shoir, yozuvchi, olim va shu kabi) yoki siyosiy arbobilaning oʻzi uchun tanlab olgan ikkinchi nomi. Har bir muallif T. ni muayyan maqsadlarni koʻzda tutgan holda qoʻllaydi. Mas., omma oʻrtasida oʻz ijodini taʼkidlab koʻrsatish, oʻz ismfamiliyasidan qoniqmaslik, muayyan xavfxatar, taxdiddan qochish, yashirinish va b.

Sharq sanʼati va adabiyoti namoyandalari, katta olimlari oʻzlariga turli narsalarga, sifat va xususiyatlarga ishora tarzida (UlugʻbekMuhammad Taragʻay, Navoiy, Lutfiy, Bobur, MujrimObid, Munis, Zavqiy), mashgʻuloti, kasbiga nisbatan (Gulxaniy, Charxiy), tugʻilgan yoki yashagan joyiga nisbatan (Buxoriy, Koshgʻariy, Margʻinoniy, Nasafiy, Taroziy, Xorazmiy, Xoʻjandiy, Chustiy, Shoshiy, Yugnakiy, Yassaviy), yashash tarzi yoki qismatiga ishora sifatida (Gadoiy, Gʻaribiy, Uzlat, Muqimiy, Furqat) va b. omillarga karab Taxallus olganlar yoki tanlaganlar. Sharqda ham, Gʻarbda ham koʻpchilik ijodkorlar faqat Taxallusi bilan mashhur boʻlishgan. Mac, BeruniyAbu Rayhon Muhammad ibn Ahmad, Navoiy — Gʻiyosiddin oʻgʻli Alisher, Muqimiy — Muhammad Aminxoʻja oʻgʻli, OybekMuso Toshmuhammad oʻgʻli, Yashin — Komil Nuʼmonov, Chustiy — Nabixon Xoʻjayev; Stendal — Anri Mari Beyl, Jorj SandAvrora Dyupen va b. Baʼzi shoirlar birdan ortiq Taxallus bilan (Navoiy — Foniy; Mujrim — Obid; Nodir — Uzlat — Mahjur; Nodira — Maknuna — Komila kabi), baʼzan bir necha shoir bir Taxallus bilan («Navoiy» T. li 10 ga yakin shoir boʻlgan) ijod qilganlar.

Sharq mumtoz adabiyotining deyarli barcha namoyandalari, koʻpchilik olimlar va baʼzi siyosiy arboblar maʼlum Taxallusga ega boʻlishgan. Taxallus qoʻllashning adabiyotshunoslikda ahamiyati katta: bayoz, devon, majmua kabi qoʻlyozma manbalar matnlarida qoʻllangan Taxallus tufayli tegishli asarlarning mualliflari anikdangan. Navoiy Taxallusning shu maʼnodagi ahamiyatini «Lison uttayr» asarida quyidagicha izdautaydi: Sahna debosiyu nazm inshosidur, kim taxallus nozimi tam/osidur. Bu kim oni birla topti imtiyoz Ne varaqkim, nazm qildi avin roz. Kim bu Saʼdiy yo Nizomiyning durur, Yo bu Xusravning, bu Jomiyning durur.

Hoz. kunda Taxallusning shoir yoki yozuvchi oʻz ismi va familiyasini qoʻshimchasiz qoʻllagan koʻrinishi uchraydi: Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahxrr, Izzat Sulton, Jamol Kamol, Usmon Azim va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x