TAVQ

TAVQ (arab. — qushlar boʻynidagi halqa) — zargarlik buyumi; ayollarning boʻyniga taqiladigan taqinchoq. Tillabargak bilan ansambl hosil qiladi. Tavq bosma usulida 4 yaprokli gul va handasiy naqshlar bilan bezatilgan hamda laʼl, shisha va b. koʻzlar qadash uchun uyachalar hosil qilingan toʻrtburchak shaklidagi yaproqchalar va ularning oʻrtasi (markazi)da joylashgan shokilalar bilan bezatilgan yulduzsimon yoki gul shaklidagi turunjdan tuzilgan. Orqa tomonining yuzasiga nafis oʻsimliksimon naqshlar tushirilgan. Tavqning oʻzaro biriktirilgan yaproqchalarining atrofi durlar qatori bilan hoshiyalangan. Qadimdan 20-a. boshigacha Samarqand ustalari yaratgan quyma Tavqda qushning boʻrtma shakli aniq yaratilgani kuzatiladi, ularga turli shakldagi shokilalar (yulduz, hilol bilan yulduz shakli, baʼzan tanga) osilgan. Davrlar oʻtishi bilan shakli butunlay oʻzgarib ketgan. Baʼzan uni xaf a band deb ham ataydilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x