TAVOF

TAVOF (arab. — atrofida aylanmoq) — Kaʼba atrofida aylanish jarayoni. Haj va umra marosimlari tarkibiga kiradi. Umra qiluvchilar 1-marta, hajga kelganlar 3-marta Tavof amalini ado etadi. Boshqa paytlarda ham, ayniqsa, juma kunlari va ramazon oyida, Makka axli va uning mehmonlari Kaʼbaga yuksak izzatehtirom yuzasidan uni Tavof qiladi. Tavofning shartlari namoznint shartlari kabidir. Tavof qilishda Kaʼbaga yaqinlashilgach, uning Qora tosh joylashtirilgan burchagiga kelib, qoʻlini unga qarata choʻzadi va imkoniyat boʻlsa oʻpadi. Soʻng Kaʼba atrofida soat miliga qarshi tarzda 7-marta aylaniladi. Har safar maxsus duolar oʻqilib, gunoxlar kechirilishi soʻraladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x