TAVHID (arab. — yakkaxudolik) — umumiy maʼnoda — yakkaxudolik haqidagi taʼlimot (q. Vahdoniyat). Sharʼiy istiloxda esa, Tavhid — islomda Allohga shirk keltirishning turli koʻrinishlaridan voz kechish va Allohning birligiga eʼtiqod qilish.
Tavhid islomda (sunniylikda ham, shialikda ham) rasman eʼtirof etilgan aqidalarning birinchisi, mohiyatan, asosiy va markaziy aqida. Mazmunan shunday tasavvurni ifoda etgani uchun Qurʼonning 112«Ixlos» surasi ham baʼzan Tavhid surasi deb yuritiladi.