TAVGʻACH, Tabgʻach,. Tam/ach, Tabqoch, Toʻba-Toba, Tugʻbat — ilk oʻrta asrlarda turkiy xalkdardagi tarixiyetnik atama:
1) Xitoy manbalarida (toʻbatugʻbat) deb nomlanib, ular qurgan xonlik Shim. Vey sulolasi (386—534) deb atalgan. Toʻbalar syayabilarning avlodi boʻlgan;
2) Turkiy bitiklarda Tavgʻach atamasi Tan sulolasini anglatgan;
3) Mahmud Koshgʻariy «Devonu lugʻatit turk» asarida Tavgʻachni 20 ona turk qabilasidan biri sifatida qayd etib, Tavgʻach larning yashagan hududi Yuqori Chin (Xitoyning shim.) daligi, ammo keyingi davrda bu hudud «Mochin» deb oʻzgarganligini, shuningdek, mamlakati qad. va katta xon maʼnosida «Tavgʻach xon» deyilishini yozgan. Qoraxoniylar oʻzlarini «Tavgʻach xon», «Tam/ach xon» deb atashgan.