TAVAKKAL

TAVAKKAL, Tavakkalxon, Tavakkul sulton (? — 1598) — Qozoq xonligi xoni (1586—98). Shigʻayxonning oʻgʻli. 1581—82 y. larda Abdullaxon I saroyida xizmat qilgan. Tavakkal va otasi Shigʻayxon Abdullaxonning Toshkent va Turkistonning shayboniylardan boʻlgan hokimi Boboxon (Bobo sulton)ga va baʼzi qozoq sultonlariga qarshi kurashida katta yordam bergan. Shu xizmatlari tufayli 1575-y. Shigʻayga Xoʻjand viloyati tarxon yoki suyurgʻol tariqasida berilgan. Ofarinkent viloyati Tavakkalga tuhfa qilingan (1582). Biroq xonning unga nisbatan muomalasi yomonlashganidan badgumon boʻlib Dashti Qipchoqqa qaytgan. Mustaqil boʻlish uchun Moʻgʻuliston va Buxoro xonligi bilan kurash olib borgan. Abdullaxonga qarshi kurashda yordam bergani uchun Boboxon Yassi va Sabron viloyatlarini unga suyurgol kilib bergan. T. Sharqiy Turkistondagi Chalish va Turfan viloyatlari ichki ishlariga aralashgan, bu viloyatlar hokimi uning koʻrsatmasi bilan tayinlangan. Rossiya bilan doʻstona aloqa oʻrnatishga harakat qilgan. Rossiya Oʻrta Osiyo xonliklari bilan muzokaralarda Tavakkaldan vositachi sifatida foydalanishga hamda Tavakkal bilan Eron shohi Abbos I oʻrtasida Buxoro xonligiga qarshi ittifoqchilik shartnomasi tuzilishi uchun koʻp uringan. 1594-y. yanvda podsho xukumati Tavakkalga harbiy yordam berishni vaʼda qilgan. 1595-y. mayiyulda Tavakkal huzurida Velyamin Stepanov boshchiligidagi rus elchilari boʻlgan. Abdullaxon va uning oʻgʻli Abdulmoʻminxon vafotidan soʻng T. Movarounnahrni egallashga uringan. Ukasi Ishimxon bilan avval Toshkentni, soʻngra Samarqandni egallab, Buxoroga yurgan. Buxoro yaqinidagi jangda ogʻir yarador boʻlib Toshkentga qaytgan va oʻsha yerda vafot ettan.

Ad:. Axmedov B. A., Istoriya Balxa, Tavakkal, 1982; Axmedov B. A., Materialы po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vekov, AlmaAta, 1969.

Javli Tursunov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x