TAUNS (Townes) Charl Xard (1915.28.7, Grinvill, Janubiy Karolina) — amerikalik fizik, kvant elektronika asoschilaridan biri. Grinvild (1931—37), Kaliforniya texnologiya inti (1937—39) da oʻqigan. Kolumbiya untida (1948-y. dan; 1950-y. dan prof.), Massachusets texnologiya intida (1961—66 y. dan prof.) ishlagan. Kaliforniya untida fizika boʻlimi boshligʻi (1967-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari kvant elektronikaga oid. N. G. Basov va A. M. Proxorovdan mustaqil tarzda birinchi kvant generatori — mazerni yaratgan (1954). Amerikalik fizik A. Shavlov bilan birgalikda optik kvant generatori — lazernm yaratish mumkinligini asoslab bergan (1958). Kvant elektronika va chizikli boʻlmagan optika usullarini astrofizikata qoʻllab, boshqalar bilan hamkorlikda kosmosdagi mazer effektini ochgan (1969). Nobel mukofoti laureati (1964; N. G. Basov va A. M. Proxorov bilan hamkorlikda).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые