TATRA TOGʻLARI

TATRA TOGʻLARI — Karpat togʻlaridagi eng baland togʻ massivi. Chexiya, Slovakiya va Polsha hududlarida joylashgan. Uz. 65 km, eng baland joyi 2655 m (GerloxovskiShtit togʻi). Granit, gneys va ohaktoshlardan tuzilgan. Tatra togʻlarida alp relyef shakllari, morenalar, kar koʻllari keng tarqalgan. Karst gʻorlari (Belanskaya, Anabastrova b.) uchraydi. Tatra togʻlari yon bagʻirlarida 1800 m balandlikkacha qoraqayin, oqqaragʻay, qaragʻay, tilogʻoch oʻrmonlari, undan balandda butazorlar, alp va subalp oʻtloqlari bor. Tatra milliy bogʻi, meteorologik rasadxona tashkil qilingan. Turizm rivojlangan. Kurort koʻp, qishki sport markazi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x