TATEVOSYAN Oganes Karapetovich (1889.1.3, Yerevan — 1974.3.7, Moskva) — manzarachi rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1945). Moskva rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik bilim yurtida taʼlim olgan (1911 — 17). 1917 — 66 ylarda Oʻzbekistonda, 1966-y. dan Moskvadayashagan. Manzaraustasiboʻlgan Tatevosyan asarlarida Oʻzbekiston tabiatini, uning mehnatkash xalqini, Sharkni — qad. Samarkand va Buxoroni oʻziga xos tarzda tasvirladi: «Eski Samarkand» turkumi («Peshin. Koʻcha manzarasi», 1915; «Registon maydoni tush paytida», 1916; «Tunda choyxona», 1916; «Sherdor Madrasa oldida», 1917 va b.), «Sayil» (1918), «Bogʻ yoʻli» (1928), «Qovun bozori» (1929), «Kattaqoʻrgʻon suv ombori kurilishida» (1940), «Baxrr» (1961), «Bahor. Toshkentning chekkasi» (1961), «Baxrr tashvishlari» (1962) va b. Plakatlar, natyurmortlar («Lolalar», «Atirgullar», 1947; «Mevalar», 1950 va b.) yaratgan. Asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari va toʻplamlarida saklanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые