TASTIBUTOQ QABRISTONI

TASTIBUTOQ QABRISTONIjez davrita oid yodgorlik (mil. av. 13—12-a. lar). Gʻarbiy Qozogʻistondagi Tastibutoq daryochasi sohilidagi Tastibutoq ovuli yaqinidan topilgan. 3 yodgorlikdan iborat. Tastibutoq I va II qabriston, IIIesa, manzilgoh. Arxeolog V. S. Sorokin qazishma ishlari olib borgan (1956—58). 57 ta qoʻrgʻon ochilgan, yuzga yaqin qabr qazilgan, ularning 10 tasi tosh qutidan, qolganlari esa yorma goʻrlardan iborat. Qabrlardan sirtiga chizikli geometrik shaklda naqsh berilgan sopol idishlar, jez munchoqlar, bilaguzuklar, pichoqlar, bigizlar va turli taqinchoklar topilgan. Aholi chorvachilik, qisman ibtidoiy dehqonchilik bilan shugʻullangan. Tastibutoq qabristonidan chiqqan materiallar uning Andronovo madaniyatigg mansub qabilalar bilan genetik jihatdan birligini koʻrsatdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x