TASODIFIY HODISA (ehtimollar nazariyasida) — maʼlum shartlar bajarilganda roʻy berishi ham, bermasligi ham mumkin boʻlgan yoki berishi aniq ehtimollikka ega boʻlgan hodisa. Agar koʻp tajribalar oʻtkazilganda Tasodifiy hodisaning roʻy berish chastotasi biror r soniga yaqinlashsa, mana shu son T. h. ning ehtimolidan iborat boʻladi. Mac, yangi tugilgan bolaning oʻgʻil boʻlish ehtimoli koʻproq (0,515) ligi koʻplab kuzatishlar asosida hisoblangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые