TASMAN

TASMAN (Tasman) Abel Yanszon (1603, Lutgegast, Groningen provinsiyasi — 1659, okt., Jakarta) — gollandiyalik dengizchi sayyoh, Niderlandiyaning OstIndiya kompaniyasida xizmat qilgan. 1638—41 y. larda savdo kemasiga qoʻmondonlik qilib, Sharqiy Osiyo dengizlarida suzgan. Shim. da Yaponiyagacha suzib borib, Bonin o. ni kashf qilishda (1639) qatnashgan. Okeaniya (1642—43) va Avstraliyani (1644) tadqiq qilgan ekspeditsiyalarga boshchilik qilgan. Tasman 1ekspeditsiyaning maqsadi boʻlgan «nomaʼlum jan. materik»ni izlash davomida VanDimen Yeriningjan. va sharqiy sohillarini (1853-y. da orol uning nomiga qoʻyilgan), Yangi Zelandiyaning gʻarbiy sohili, TriKings va Tonga o. lari, Fiji guruhidagi baʼzi orollarni topib xaritaga tushirgan. 2ekspeditsiya Karpentariya qoʻltigʻining jan. va gʻarbiy sohillari, Avstraliyaning shim. garbiy qismigacha yetib bordi. Ikkala ekspeditsiya Avstraliyaning alohida quruqlik ekanligini, taxmin qilingan jan. materik bilan tutash emasligini tasdiqladi. Avstraliya bilan Yangi Zelandiya oraligʻidagi dengiz, orol, Yangi Zelandiyaning Janubiy o. dagi qoʻltiq, muzlik va b. geografik obyektlar Tasman nomi bilan atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x