TASHQARI

TASHQARI, tashqi hovli — Oʻrta Osiyo xalq meʼmorligida oʻtroq aholi uyjoyining maxsus bir boʻlagi; koʻcha darvozaga yaqin tomondagi qismi. Mehmonxona, xoʻjalik uchun zarur xonalar, xizmatchilar xonasi, otxona va b. joylashgan. Tashqari hovli erkaklar uchun, ichkari hovli esa xotinxalaj va bolalar uchun maxsus qurilgan. Uylar xonadon egalarining mavqeiga qarab oʻziga xos koʻrinishda boʻlgan. Mac, savdogar va amaldorlar xonadoni hunarmanddehqonlar xonadonidan keskin farq qilgan (q. Ahmadbekhoji mehmonxonasi). Hunarmandlar uyining Tashqarisida ustaxona, omborxona va koʻchaga qaragan savdo doʻkoni boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x