Tashbeh (oʻxshatish)

Tashbeh hozirgi adabiyotshunoslikda oʻxshatish deb yuriti­ladi. U shunday sanʼatki, unda soʻzlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar oʻrtasida mavjud boʻlgan oʻxshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, oʻzaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va taʼsirliroq ochib beriladi.

Adiblar tashbehdan oʻz gʻoyalari, fikr va istaklarini badiiy taʼsirchan ifodalash uchun foydalanishadi.

Tashbehning bir necha qismlari mavjud. Bular oʻxshatil­gan narsa (mushabbah) oʻxshagan narsa (mushabbahbihi), oʻxshatish sababi (vajhi shaboh) hamda oʻxshatish vositasi (holati tashbeh)dan iborat.

Oʻxshatishlarning fazilati shundaki, ular koʻzda tutilgan har qanday fikrning aniqlashishida, shu obrazni toʻliq tasavvur etishda hal qiluvchi rol oʻynaydi.

Oʻxshatishlarning yana bir xususiyatini taʼkidlash zarur. Bu maʼlum bir oʻxshatishning turli obrazlarni yoritishda qoʻllanishidir. Masalan, yilqi (hayvon) obrazi qora xalqqa, nodon, bilimsiz, zakovatsiz, ochkoʻz va, umuman, yomon xulqli, yaramas odatli kimsaga nisbatan qoʻllanadi. Boʻri obrazini esa lashkarboshiga, yov-dushmanga, mard erga, oʻlimga ham nisbatan qoʻllanganini koʻrish mumkin. Lekin ularning ham­masida ham boʻri oʻxshatishi aynan bir xil maʼnoda kelmaydi.

Atoyining quyidagi misralarida ham tashbehning goʻzal namunasi yaratilgan:

 

Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek oʻlturur,

Gʻoyati nozukligidin suv bila yutsa boʻlur.

 

Koʻrinib turganidek, goʻzal yor (sanam) pariga oʻxshatilmoqda. Xalq tasavvurida pari suv yoqasida (daryo qirgʻogʻida, ariq boʻyida) boʻladi. Shoir ana shu xalqona tasavvurdan ham ustalik bilan foydalanmoqda.

 

 

“Adabiyot” (Boqijon Toʻxliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. Oʻrta taʼlim muassasalarining 10-sinfi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari uchun darslik-majmua. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent–2017) darsligidan.

https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/tashbeh-oxshatish/

3 2 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x