TAROZIY

TAROZIY, Sayid Abu Nasr Mubashshir (1896, Avliyoota — 1977, Qohira) — ulamo, adib. Toshkentdagi Abulqosim, Buxorodagi Mir Arab madrasalarida oʻqidi. Taniqli ilohiyotchi shayx Muhammad alAsaliy ashShomiy (Shomiy domla)dan saboq oldi. 20y. lar boshida avj olgan xudosizlikka qarshi «Qurʼon va nubuvvat» («Qurʼon va paygʻambarlik») kitobini yezdi. Taroziyning oʻzbek tilidagi bu kitobi fors, arab tillarida yozilgan boshqa asarlari bilan birga koʻp oʻtmay shoʻrolar tomonidan musodara qilindi. Taroziy «Ulamoi Turkiston» jamoasining jurnali — «Izoh ulMarom» tahririyatida ishladi (1923), Taroz sh. diniy idorasiga rahbarlik qildi, maktablar ochib islom dinini targʻib etdi. Uning bu faoliyati shoʻrolarga yoqmas edi. Taroziy 1930-y. vatanini tark etishga majbur boʻldi. Muhojirlik (Afgʻoniston, Misr)da yashab ilmiyijodiy ish bilan shugʻullandi. Taroziyning islom ilohiyotiga oid 47 asari bor, uning diniy mavzudagi makrlalari Misr, Saudiya Arabistoni, Suriya, Iroq, Livan, Hindiston, Yaponiya, Pokiston, Indoneziya, Afgʻonistonda chop etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x