TARONI

TARONI — kechpishar xoʻraki uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik i. t. intida Echkiemar va Parkent navlarini chatishtirib chiqarilgan (S. A. Pogosyan, S. S. Xachatryan, E. L. Martirosyan). Tupi kuchli oʻsadi. Barglari oʻrtacha, besh boʻlmali, orqa tomoni silliq, guli 2 jinsli. Uzum boshi yirik, konussimon, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi yirik, choʻziq, toʻq binafsha rang. Quyuq gʻubor bilan qoplangan. Pusti kalin. Eti goʻshtdorsersuv. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3400° boʻlganda 160—165 kunda toʻliq yetiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Sovuqqa chidami past. Hosildorligi 160—180 s/ga. Oidium bilan zararlanadi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, uzoq saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x