Tarnovboshi


Post Views:
60

TARNOVBOSHI – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Taxtapul, Darvozakent, Sebzor, Kohota mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Arxiv materiallariga ko‘ra, 19-asr oxirlarida Tarnovboshida 24 xonadon, 1 masjid bo‘lib, ellikboshining ismi Tosh oqsoqol deb atalgan. Aholisi (asosan, o‘zbeklar) hunarmandchilik, savdo-sotiq, dehqonchilik va bog‘dorchilik (Yunusobod, Oqtepa, Boltamozor mavzelarida) bilan shug‘ullangan. Tarnovboshida, shuningdek, maktab, tegirmon, temirchilik ustaxonasi, baqqollik do‘konlari va boshqalar bo‘lgan (20-asr boshi). Hozir hududida zamonaviy turar joy binolari qurilgan.

«TARNOVBOSHI» MAHALLASI (Shohsanam ko‘chasi, 58) – Hamza tumanidagi mahalla. A.Nazarov, Akmal Ikromov, K.Xudoyberdiyev, «Yangiobod» mahallalari bilan chegaradosh. 1958 yil 1-uy qurish kombinati qurilishi munosabati bilan yerlik aholiga Tarnaushtepaning janubi-sharq tomonidan yer ajratib berilgan. 1966 yildagi Toshkent zilzilasi natijasida 2- uy qurish kombinatiti qurilishi munosabati bilan shu hududdagi sobiq «Pobeda» kolxozi o‘rnida tashkil etilgan «XXI parts’yezd» s-zi ishchilari uchun yer uchastkalari ajratilishi sababli «Qozoq mahalla» vujudga kelgan. 1968 yil Hamza (hozirgi Yashnobod) tumani tashkil etilganda mahalla nomi «Tarnovboshi» deb o‘zgartirilgan. Aholisi 2012 kishi. Mahalla hududida o‘rta maktab, suv sport saroyi mavjud. Mahallada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Sayfiddin Jalilov yashagan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/tarnovboshi-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x