TARNOV

TARNOV — balandlikdan suv tushiriladigan moslama; «ovning bir turi. Tomdan qoryomgʻir suvlarini tushirish, ayrim notekis joylarda (ayniqsa, togʻli hududlarda) kamroq miqsordagi suvni pastga oqizish uchun foydalaniladi. Yogʻoch, tunuka, sopol va b. dan yasaladi. Tomdan qoryomgʻir suvlari oqib tushishi uchun uning bir necha joyiga Tarnov oʻrnatiladi. Tomga ishlangan Tarnov larning uzunligi koʻpincha 1 m dan oshmaydi, lekin tomdan yergacha tushadigan uzun xillari ham boʻladi. Qadimgi tomi koʻp tor hovlilarda suvni ariqqa chiqarib oqizish uchun tarnovning shunday uzun xillari ishlangan. Keyinchalik uzun Tarnovlar tunukadan quvur shaklida ishlanib, uyning suv oqadigan tomonlariga devor bilan parallel qilib tik oʻrnatiladigan boʻddi. Koʻp qavatli uylarda Tarnov asbotsement, choʻyan quvurlardan ham ishlanadi va binoning ichki qismida (koʻpincha, balkonning ichkarisida) va tashqarisida devor orasiga oʻrnatiladi. Buloqlardan qishloqlarga suv keltiriladigan, un tegirmoniga suvni yoʻnaltirib beradigan Tarnovlar ham bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x