DO`STLARGA ULASHING:
Tarjimonlik qilish orqali pul topish.
• Tarjimon hozir televideniye, radio, jurnalistik markazlar va YouTube kanallar uchun suv va havodek inson. Nega axir Google Translate bor-ku? deysiz. Ha bor ammo uning tarjimasi va inson qilgan tarjimada qo’y bilan sigirchalik farq bor)
• Tarjimon bo’lib oyiga $1000+ topuvchilar bor. Eng qiziq joyi shundaki, ularning «главный» ishi tarjimonlik emas.
Tarjimon bo’lish uchun sizdan quyidagilar talab qilinadi:
–O’z ona tiliini yaxshi bilishi;
–Boshqa biror chet tili(ingliz, rus, xitoy, yapon, arab…) yaxshi bilishi;
–Agar imkoni bo’lsa ana shu tillardan qanchalik bilish sertifikati bo’lishi;
Misol uchun: IELTS, TOEFL, CEFR kabilar;
–Va biroz uddaburon bo’lishi.
Tarjimonlar har xil bayga ko’ra ishlaydilar. Ba’zilar soatbay, boshqalar esa matnbay. Matn bo’yicha bo’ladigan bo’lsa bir dona o’rtacha 500 ta so’zgacha bo’lgan matnni 100–150 ming so’mgacha qilishadi. Soatbayda esa bir soatga 30–100 ming so’mgacha ishlaydiganlari ham bor.