TARIQAT

TARIQAT (arab. — yoʻl, usul) — tasavvufga xos tushuncha. Unga koʻra, sufiy yoki solik tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechishi, doim kambagʻallikda qanoat qilib yashashi, tarkidunyo qilishi, har narsani xudodan deb bilishi, xudoni sevishi va unga intilishi, ixtiyorini pir, murshidga topshirishi lozim. Bundan tashqari T. tushunchasi koʻproq tasavvuf yoʻnalish (suluk) i, tarmogʻi maʼnosida qoʻllaniladi. Tarixda tasavvuf tariqatlarini notoʻgʻri tushunish va talqin qilish natijasida baʼzi mutaassiblikka berilish xrlatlari ham kuzatilgan. Tasavvufda Tariqat koʻp boʻlgan, mas., tayfuriya, qodiriya, suhravardiylik, bektoshiya va b. Oʻrta Osiyoda naqshbandiya, kubroviylik, yassaviylik T. lari tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x