TARF

TARF — yogʻi olinmagan qatiqdan tayyorlanadigan mahsulot. T. tayyorlash uchun yangi soʻyilgan qoʻy yoki echki korni namakobda ivitilib, soʻngra ich tomoni qirib, yaxshilab yuvibtozalanib, puflab shishirilgan holda tayyorlab qoʻyiladi. Bahor — yoz mavsumida ivitilgan chuchuk qatiq 1—2 kun oralatib qoringa solinib, salqinroq joyda saqlanadi. Qorin toʻlganidan keyin ogʻzi magʻkam berkitilib, osib qoʻyiladi. Issiq taʼsirida qatiq zardobi qorin kapilyarlaridan bugʻlanib ketadi, qorinda esa mazali Tarf hosil boʻladi. Tarf asosan qishda isteʼmol qilinadi. Azaldan chorvadorlar tayyorlab kelgan. Oʻzbekistonning ayrim qishloklarida xonadonlarda hozir ham tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x