TAR

TAR, Thar — Hindiston va Pokiston hududlaridagi choʻl va chala choʻlli tekislik. Hind daryosining chap sohili boʻylab, shim. dan jan. ga 850 km masofaga choʻzilgan. Mayd. 300 ming km2. Oʻrtacha bal. 100—200 m. Allyuvial, dengiz va eol qumlari bilan qoplangan, ayrim joylarda qoyalar uchraydi. Relyefida qum joʻyaklari va qum tepa koʻp; barxanlar uchraydi. Iklimi tropik, quruq iqlim. Yillik yogʻin 90—200 mm. Tez-tez changli boʻron boʻlib turadi. Pastqam joylarda shoʻrxok va taqirlar bor, maydaroq shoʻr koʻl koʻp. Oʻsimliklari siyrak, dagʻal oʻtlar va kserofit buta va daraxtlar oʻsadi. Voha koʻp. Dehqonchilik qilinadi, yaylov chorvachiligi rivojlangan. Tarning gʻarbiy qismi Hind daryosidan sugʻoriladi. Sugʻorish kanallari qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x