TAQSIMOT

TAQSIMOT (matematikada) — ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning asosiy tushunchalaridan biri. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning aniq masalalarida uchraydigan Taqsimot, odatda, diskret, yaʼni alohida ehtimolliklar bilan aniklanadi (mas., binomial, geometrik, polinomial va Puasson taqsimotlari) yoki zichlik funksiyalari bilan aniklanuvchi absolyut uzluksiz tipdagi (mas., normal, koʻrsatkichli, tekis) taqsimotlardir. Baʼzi taqsimotlar tasodifiy mikdorlarni funksional almashtirish natijasida hosil boʻlgan tasodifiy miqdorlarning aniq yoki asimptotik (limit) taqsimoti sifatida ham hosil qilinishi mumkin. Bunday taqsimotlar (xmkvadrat taqsimot, Styudent taqsimoti, Fisherning Ftaqsimoti) odatda, matematik statistikada keng qoʻllaniladi. Tabiat, jamiyat, iqtisodiyot va shu kabi sohalarda uchraydigan tasodifiy jarayonlarni ifodalashda hosil boʻluvchi Taqsimotlar, odatda, nomaʼlum boʻlib, ular oʻrniga statistik analoglari — empirik Taqsimot qoʻllaniladi. Bu T. lar tasodifiy mikdorlarning sonli xarakteristikalarini (matematik kutilma, dispersiya, korrelyatsiya) taqribiy aniqlash (statistik baholash)da va statistik gipotezalarni tekshirishda keng qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x