Tarjimai hol
O‘rol Tansiqboyev — xalq rassomi, badiiy akademiyaning chinakam a’zosi, O‘zbekiston rassomlar uyushmasining raisi (1956-1959).
Toshkentda tug‘ilgan. Yetti yillik maktabni tugatib, zavodga ishga kiradi. O‘rol yigirma yoshidan rasm chizishni boshlaydi.
O‘rol Tansiqboyevning birinchi suratlari u ishlagan zavodning klubida namoyish etilgan. 1924 yil “Turkiston haqiqati” gazetasida “O‘rol Tansiqboyev ismli ishchi-rassom haqida” qayd paydo bo‘ladi. Toshknetdagi san’at muzeyi qoshidagi birinchi o‘qituvchisi (1923-1927 yillar) N. V, Rozanov bo‘lgan. Ta’sirchan mahorat, impressionistik hissiyotlar yosh Tansiqboyevning “O‘zbek portreti” nomli ishida namoyon bo‘ldi (1927, Sharq muzeyi, Moskva). 1928 — 1929 yillar O‘rol Tansoqboyev Penza rassomchilik oliygohida I. S. Goryushkin-Sorokopudov qo‘lida tahsil oladi.
1929 yil Moskva shahriga tashrif buyurib, rassom muzeylar bilan tanishadi, unda chuqur taassurotlar qoldirgan zamonaviy g‘arbiy-ovrupa san’atini ko‘radi. Shu vaqtdan e’tiboran, betinim izlanishlar, mustaqil yo‘nalish tanlovi sari intilishlar boshlanadi. Tansiqboyev — ovrupa madaniyatiga yuzlanib, ovrupacha avangard usullarini egallagan, o‘zgacha dunyoqarash ila yorqin shaxsiyati shakllantirgan chinakam millatparvarchilik ruhidagi ilk rassom. O‘rol Tansiqboyevning mahorat tajribasi u yashagan va ijod qilgan davrning badiiy mohiyatida tushuniladi. O‘sha yillarda zamonaviy o‘zbek rassomchilik san’ati shakllanish bo‘sag‘asida turgan va u ilk qaldirg‘och bo‘lgan. Ushbu jarayonlarda P. Benkov, A. Volkov, M. Kurzin, N. Kashina, A. Nikolayev, B. Ufimtsev kabi rassomlar alohida o‘ringa ega, zotan, ular o‘z ijodi orqali milliy maktabning yuqori darajasini aniqlab berishgan.
1934 yil Moskva hamda Filadelfiyada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston san’at asarlari ko‘rgazmasidan so‘ng uni “o‘zbek rangshunosligining cho‘qqisi”, deb atay boshlashgan. Yillar o‘tgani sari uning ijodida voqe’lik yo‘nalishidagi manzara tarsviriga mayli kuchliroq namoyon eta boshlaydi. U inson va tabiat g‘oyasini o‘z asarlari orqali yetkazadi.
San’atshunoslarning ta’kidlashicha, O‘rol Tansiqboyev o‘zining ijodiy izlanishlari tufayli, o‘zbek manzarashunoslik san’atini butunlay o‘zgartirgan, plener etyudi doirasidan chetlashib, manzara-kartinasini yaratgan.
XX mobaynida u milliy manzarashunoslik rivojini belgilab bergan, yangi asrda esa uning retrospektiv yubileyi — o‘zbek milliy tasviriy san’atini zamonaviylik bilan bog‘lovchi, izchillikni tiklovi muhim hodisalardan biri bo‘ldi. Yillar o‘tgani sayin, uning asarlari tomoshabinlarga katta estetik zavq hadya etishi bilan birga, o‘z davriga xos san’atga qo‘ygan qadami bilan ham o‘lchanib, ustaning tarixiy ahamiyatida yangi ma’noga ega bo‘ladi.
O‘. Tansoqboyev ijodining erta pallalaridagi ijod namunalaridan uning atrof-muhitga bo‘lgan muhabbatini payqash mumkin, shu bilan birga, o‘tmishga nisbatan hech qanday zavq, hech bir uslubchilik sezilmaydi.
30-yillardagi ijodida impressionistik ishlarni ko‘rish mumkin, masalan, “Plenerdagi avtoportret” (1935) va voqe’iy portret — A. Podkovirovning portreti (1935), shuningdek, neoprimitivizm ruhidagi “O‘zbek. Samarqand” (1934). 30-yillarning ikkinchi yarimidagi “Birchmulla”, “Bog‘iston”, “Bahoriy ishlar” orqali rassomning keyingi ijodi peyzaj janri yo‘lanishi bo‘yicha ketishi belgilanadi.
O‘. Tansiqboyevning 20-yillar boshi, 30-yillar oxiridagi ishlarini sinchkovlik bilan o‘rganish orqali undagi yashirin intilishlarni payqash mumkin. N. Rozanov studiyasini bitirib, Penza badiiy oliygohida ikki yilgina tahsil olib, rassom talabalik pallalarida ko‘p ushlanib qolmay, hadiksirab o‘z yo‘nalishini tanlay oldi. Ko‘plab omillar sabab Tansiqboyev avangard yo‘nalishi tomon shiddat ila rivojlandi. Bunga Moskva muzeyidagi ko‘rgan zamonaviy ovrupa tasviriy san’ati taassurotlari, avangard usullarini Sharqning an’anaviy bo‘laklari bilan uyg‘unlashtirish zamin bo‘lib, u uchun yangi mahorat maktabi bo‘lib xizmat qildi. Munozara va ko‘rgazmalar muhiti, Tansiqboyevdan yigirma yoshlar katta bo‘lgan va o‘zining ijodkor sifatida aniq yo‘nalishiga ega bo‘lgan A. Volkov, M. Kurzin, A. Nikolayev, A. Podkovirov kabi rassomlar bilan yelkama-yelka ishlash ichki ehtiyojlar sari dadil izlanishlar, erkin ijod imkoniyatlarini ochdi.
“A. Toshkenboyevning portreti”dan boshlab, 30-yillar o‘rtalarigacha Tansiqboyev XIX — XX asrlargacha bo‘lgan ovrupacha tasviriy san’atning asosiy yo‘nalishlarini jadal bosib o‘tdi. Har bir zamonaviy rassom uchun muhim qadam bo‘lgan impressionizm yo‘nalishini A. Tansiqboyev o‘zining A. Toshkentoyev portretida namoyon etdi. U havoni, ta’sirchan muhitning yorqin ranglarini yetkazib berishni o‘rgandi, tabiat bilan uzviy bog‘liqlikka ega bo‘ldi. Divizionizm bilan qiziqib (“Karvon”), Sezannga va kubizmga yaqin bo‘lgan ishlarida (“Pushti manzarada yigitcha shakli”, “Xojikent”) va rasmlarida (“Hovuz bo‘yida”, “Eski shahar burchagi”) postimpressionizm tasviriy san’atida ranglarining kuchaytirish o‘rni (“Qizil kuz”) va fovizmda (“Bog‘da peshin”) muvaffaqiyatli rivojlandi.
O‘rol Tansiqboyev talabalik kezlaridayoq, tasviriy san’at tartiblari, ularning rivojlantirish yo‘llari haqida o‘y surgan. 1927 yil ikkita badiiy mohiyatni namoyish etgan portret chizgan: biri (“A. Toshkentboyev portreti”) — impressionizmga va boshqasi (“O‘zbek portreti”) — sharqona bezaklar, nishonlar bilan to‘ldirilgan.
Tansiqboyevning mukammal rivojlanish yo‘lida uning o‘sha yillar qilgan ijod namunalari, 1951 yil — “Ona yer” va “Issiq ko‘l oqshomi” kabilar tasdiqlaydi. Ularda, go‘yo, ikki mohiyat kurashi ketayotganday — o‘sha darvlarga xos illyustrativ intilishlar, ortiqcha bo‘laklar va, umuman, tabiat timsolining yuzaki ifodasi, shuningdek, chuqur falsafiy-she’riy kechinmalar sari izlanish.
“Toxiatosh” va “Sirdaryo” kabi manzaralari diqqatga sazovor. O‘rol Tansiqboyev o‘z ijodining yangi bo‘sag‘asida turib, o‘zbek manzarashunoslik tasviriy san’atiga butunlay o‘zgartirish olib kirishi lozim bo‘lgan.
Eng yaxshi manzaralari, ayniqsa “Qayraqum GESida tong”da umuminsoniy izlanishlar namoyon bo‘ladi.
60-70 yillar rassom monumental birikkan, jadal ranglar uyg‘unligiga ega erkinroq uslubdagi tasvir talqinini yaratishga muvaffaq bo‘ladi, unda go‘yoki, 30-yillar ruhiy izlanishlari gavdalanganday. “Angren-Qo‘qon tog‘ yo‘li”, “Pomirdagi Qoraqo‘l”, “Belesda. Qirg‘iziston”, “Oloy vodiysi”, “Oqshomda Panj” polotnolarida tabiat orqali hissiyotlar o‘zlashtiriladi, xuddi erkinlikka qaytadan yuborilgan keng maktub kabi.
O‘rol Tansiqboyev O‘zbekistondagi boshqa san’at asoschilar kabi mushkul, og‘ir yillarda, dunyoda urush va boshqa dramatik hodisalar yuz bergan vaqtlarda hayot kechirgan. Rassom ularni chetlab o‘tmay, ularda san’atning go‘zal sahifalariga bo‘lgan ishonchni uqtirgan. O‘z davrining og‘ir masalalariga u munosib tarzda javob qaytarib, rassomning eng yaxshi asarlari esa — milliy madaniyat tarixidagi atoqli ustaning mahoratidan dalolatdir.