TANSIQBOYEV Oʻrol (1904.14.1 Toshkent — 1974.18.4) — manzarachi rassom, rangtasvir ustasi. Oʻzbekiston xalqrassomi (1944). Penza rassomlik bilim yurtini tugatgan (1924), Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi krshidagi tasviriy sanʼat studiyasida taʼlim olgan (1924 — 28). Tansiqboyevning izlanishlar davri boʻlgan 20—30y. lardagi ijodi uslub, janr, mavzu rangbarangligi bilan ajralib turadi. Dastgox. va monumental sanʼatda tarixiy, maishiy va portret janrlarida asarlar yaratdi. Gʻarbiy Yevropa yangi sanʼati, Meksika monumental rassomlari ijodi, Oʻrta Osiyo devoriy rassomligi va miniatyura sanʼati uslublarini oʻrgandi va shular taʼsirida ijod qildi («Oʻzbek portreta», 1927; «Kurash», «Karvon», 1929; «Oʻtovda», 1931 va b.). 30y. lardan obyektni aniq tasvirlash Tansiqboyev ijodining muhim belgisiga aylandi, unda manzara janri yetakchi oʻrin egalladi. Tansiqboyev manzaralar tasviriga hayotiy lavha, inson faoliyatini ifodalovchi unsurlar kiritishga intildi («Moviy manzara», 1935; «Tungi sugʻorish», 1942). 2jahon urushi yillarida (1942) Moskva yaqinidagi jang boʻlib oʻtgan yerlarni oʻz koʻzi bilan koʻrgan rassomning «Urush yoʻllarida» asarlar turkumi maydonga keldi. Urushdan keyin qishloq hayotiga bagʻishlangan asarlar yaratdi: «Togʻdagi kolxoz» (1949), «Sholikor kolxozda», «Gʻoʻza sugʻorish» (1949), «Oʻzbekistonda bahor» (1950). Ona yurtning umumlashma badiiy obrazini yaratish yoʻlidagi izlanishlari samarasi sifatida bir qancha asarlari yuzaga keldi («Jonajon oʻlka», 1951; «Issiqkoʻlda oqshom», 1951; «Togʻdagi yaylov», 1953; «Togʻda kuz», 1954 va b.), ular orasida industrial manzaralar ham uchraydi («Qayroqqum GESi tongi», 1957 va b.). «Togʻdagi qishloq», «Oqshom» (1962), «Angren — Qoʻqon yoʻli» (1962), «Chorvoq qurilishida» (1970), «Mirzachoʻl kanali» (1971) kabi liroepik asarlarida Oʻzbekistonning tabiati hamda inson mehnati tufayli oʻzgarib borayotgan qiyofasi oʻz aksini topgan. «Jonajon Uzbekistan» manzaralari turkumi («Kuz tongi», 1972; «Oqshom», 1972; «Mening qoʻshigʻim», 1972 va b.) va b.
Tansiqboyev asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari va xususiy toʻgshamlarda saqlanadi. Rassom 1967— 74y. lar yashagan uyi Tansiqboyev uymuzeyiga aylantirilgan (1981). Uymuzeyda ijodiy ustaxona, mehmonxona va b. xonalar boʻlib, koʻplab hujjatli arxiv materiallari, rassomning koʻrgazmalarda namoyish qilingan mashhur asarlari saqlanadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1973). Vafotidan soʻng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2001).
Ad.: Veymarn B. V., Ural Tansoʻkbayev, M., 1958; Karimov H., Tabiat kuychisi, Tansiqboyev, 1970; Taktash R. X., Ural Tansoʻkbayev, Tansiqboyev, 1980,Oʻrol Tansiqboyev uymuzeyi, Tansiqboyev, 1984.
Tursunali Qoʻziyev.