TANSHIXAY (mil. 2-a.) — syanbi qabilalar birlashmasi oqsoqoli. Qabila oqsoqollari kengashida bu lavozimga saylangan. Zodagonlar naslidan boʻlgan yosh, jasur Tanshixay boshqa qabila oqsoqollarini oʻziga tobe etib, syanbi qabilalar birlashmasiga boshchilik qilgan. 155—166-y. lar mobaynida Tanshixay hunnular davlatiga qarashli boʻlgan, sharqdan gʻarbga tomon 14000 li masofaga choʻzilgan barcha yerlarni egallab olgan va qisqa muddat ichida ulkan saltanatga boshchilik qilgan. Tanshixay vafotidan soʻng, uning davlati parchalanib ketgan. Hunnular mana shu magʻlubiyatlaridan soʻng, yerlaridan, Vatanlaridan mahrum boʻlib olis Gʻarbga tomon yurishlarini boshlaganlar (yana q. Xalqlarning buyuk koʻchishi, Gunnlar).
Ad.: Pletneva SP., Kochevniki srednevekovya, M., 1982.