Joriy yilda abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.
👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa — oldingi yillardagi kabi har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
❗️Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.
Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz, deyiladi DTM xabarida.
👨🏻💻 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: My.dtm.uz Onlayn hujjat topshirish yo’riqnomasi video
Понравилась статья? Поделиться с друзьями: